Axmedjanova Nargiza Ismailovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlari

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali pielonefritni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib225.

Ilmiy maslahatchi: Dil`muradova Klara Ravshanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Kalmikova Angelina Stanislavovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda surunkali pielonefritni erta tashxislash va kompleks davolashning klinik-laborator samaradorligini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bolalarda surunkali pielonefritni tizimlashtirilgan kompleks terapevtik taktikasi ishlab chiqilgan;

ilk bor surunkali pielonefritda yallig‘lanish oldi (interleykinlar 1, 6, 8) va yallig‘lanishga qarshi (interleykin-10) sitokinlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan,  ushbu mediatorlarning har birini klinik sharoitda tubulointerstisial o‘zgarishlar patogenezidagi ishtiroki, tubulointerstisial zararlanishning zo‘rayishi sayin shikastlovchi  va protektiv  omillar disbalansining ortishi aniqlangan;

surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bolalarda tubulointerstisial zararlanish darajasini tavsiflash uchun peshobda oksiprolin miqdorini aniqlash maqsadga muvofiqligi asoslangan;

bolalarda pielonefritda kasallikning kechishi va yakuni oqsil metabolizmi, sitokin profili va buyraklar funksional holatining ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan va ushbu tizimlarni tashkil etuvchi turli funksional qismlarning ishtirok etish salmog‘i va ular o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;

Samarqand shahrida yashaydigan bolalarda pielonefritning kechishi kam simptomli surunkali residivlanuvchi tus olganligi, so‘nggi besh yil ichida bolalarda pielonefrit kasalligining etiologiyasi va klinik ko‘rinishlari, umumiy epidemiologik vaziyatga doir o‘zgarishlar aniqlangan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tashxislash, oqsil metabolizmi, siydikdagi sitokin profili va buyrak funksional holatini baholashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqot jarayonida olingan va tizimli tahlil etilgan natijalar asosida:

“Bolalarda pielonefritni regional limfatik antibiotikoterapiya usuli”ga (№IAP 04046, 2009 yil) Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan. Davolashning bu usuli pielonefritning etiopatogenetik davolash imkonini yaratgan.

“Bolalarda surunkali pielonefritni davolash usuli”ga (№IAP 05472, 2017 yil) Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan. Davolashning bu usuli pielonefritni samarali davolash uchun  imkon yaratgan;

“Bolalarda surunkali pielonefritda regional limfatik antibiotikoterapiya usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 8N-d\\201-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda surunkali pielonefritni samarali davolashga va asoratlarning oldini olishga yordam bergan;

“Bolalarda surunkali pielonefritni tashxislash va davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 8N-d\\201-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda surunkali pielonefritni erta tashxislash, uning SBEga o‘tishini oldini olish va samarali davolashga xizmat qilgan;

surunkali pielonefrit bilan bolalar diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga, Tayloq tuman markaziy shifoxonasi va  Toshkent tibbiyot akademiyasiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 8N-d\\201-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Ishlab chiqilgan davolash sxemasini qo‘llash natijasida surunkali pielonefrit bilan og‘rigan bemorlarda davolash samaradorligi 43% ortgan, kasalxonada bo‘lish kuni esa 1,6 martaga qisqargan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish