Xasanov Abbos Xasanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta moyini va biologik faol peptidlarni olishda fermentlarni qo‘llash texnologiyasini  ishlab chiqish», 02.00.17–Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T186.

Ilmiy rahbar: Davronov Qaxramon, biologiya fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismail Babadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta moyini va biologik faol peptidlarni olishda fermentlarni qo‘llash  texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

murakkab substratli aralashmalarda nordon va neytral proteinazalarning katalitik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar aniqlangan;

yog‘ kislotalar, gossipol va qattiq zarrachalar neytral proteinazalar faolligini kamaytirib oqsillarni fermentativ gidrolizini 50–60% kamaytirishi aniqlangan;

yog‘ kislotalar nordon proteinazalarga nisbatan neytral proteinaza barqarorligiga kuchlirok ta’sir etishi va faolligini 2–3 marta kamaytirishi isbotlangan;

gossipol neytral proteinazani ko‘proq inaktivatsiyalashi va beqarorligini 4–5 marta kamaytirishi aniqlangan;

nordon va neytral proteinaza yordamida rafinatsiyalangan moy va antioksidant xossali peptidlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta moyi va biologik faol peptidlarni olishda fermentlarni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishbo‘yicha olingan natijalar asosida:

chigit yanchilmasiga proteolitik va amilolitik fermentlar yordamida namlik-issiqlik ishlov berish texnologiyasi «NurliDon» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 22 maydagi MS/2-855-son ma’lumotnomasi).  Natijada yanchilmani presslash jarayoni jadallashtirish va forpress moyi chiqishini 0,9–1,1% oshirish imkonini bergan;

chigit yanchilmasiga fermentativ ishlov berish texnologiyasi «NurliDon» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 22 maydagi MS/2-855-son ma’lumotnomasi). Natijada ozuqaviy moyni miqdorini oshirish xisobiga, texnik moy  miqdorini 1,1%ga kamaytirish imkonini bergan;

paxta shroti oqsilini nordon va neytral proteinaza bilan fermentativ gidrolizlab Pseudomonas aeruginosa va Escherichia coli bakteriyalarga qarshi antimikrob xossali peptidlarni olish texnologiyasi «NurliDon» MChJda amaliyotga joriy qilingan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 22 maydagi MS/2-855-son ma’lumotnomasi). Natijada globulinni nordon proteinaza bilan gidrolizlab Pseudomonasaeruginosa va al`buminni neytral proteinaza bilan gidrolizlab, Escherichia coli bakteriyasiga qarshi peptidlar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish