Alimov Amonjon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Val`sal`va sinusi anevrizmalarini tashxislash va xirurgik davolashning innovatsion yo‘nalishlari», 14.00.34–Yurak va qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib132.
Ilmiy rahbar: Abralov Xakimjon Kabuldjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xikmatov Azimjon Asatillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.I. Pirogov nomli milliy tibbiyot-xirurgiya markazi» Federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Val`sal`va sinusi anevrizmalarini xirurgik davolash natijalarini innovatsion tashxislash usullarini qo‘llash, aorta klapani etishmovchiligi bilan asoratlangan nuqsonlarni tuzatishda klapan saqlovchi usullarni ishlab chiqish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Val`sal`va sinusi anevrizmasining qorinchalararo to‘siq nuqson qo‘shma kelishida aorta klapani etishmovchiligi bilan asoratlanganda aorta klapani plastikasi usuli ishlab chiqilgan;
Val`sal`va sinusi anevrizmalari anatomiyasining variantlari xususiyatlari o‘rganilib, aorta klapani etishmovchiligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan;
Val`sal`va sinusi anevrizmasida va uning qorinchalararo to‘siq nuqsoni bilan kechishida mul`tislays kompyuter tomografiyasining qo‘llanilishi statik anatomik tuzilmalarni batafsil tasvirlashi isbotlangan;
Val`sal`va sinusi anevrizmasining yorilishi va qorinchalararo to‘siq nuqsoni hajmining morfometrik xususiyatlari ochib berilgan va uning aorta klapani etishmovchiligi rivojlanishiga ta’siri o‘rganilgan;
Val`sal`va sinusi anevrizmasi yorilishni va qorinchalararo to‘siq nuqsonining original xirurgik usulini qo‘llash orqali aorta ildizining zaif o‘rinlarini bartaraf etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Val`sal`va sinusi anevrizmasi bilan kasallangan bemorlarni xirurgik usulda davolashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan “Aortal klapan etishmovchiligi bilan asoratlangan qorinchalararo to‘siq nuqsonida aorta klapanini plastika qilish usuli”ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05007, 22.01.2015 y.). Taklif etilgan usul xirurgik bosqichlarni optimallashtirish yo‘li bilan aorta klapani etishmovchiligi bilan asoratlangan qorinchalararo to‘siq nuqsoni bilan qo‘shma kelgan Val`sal`va sinusi anevrizmasi bo‘lgan bemorlarning xirurgik usulda davolanishining yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
o‘pka gipertenziyasini jarrohlik usulida davolashning prognostik ko‘rsatkichlarini avtomatlashtirilgan hisoblash uchun metodologiya tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 yanvardagi 8n-d/2-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan metodologiya o‘pka gipertenziyasi bo‘lgan nuqsonlarning xirurgik usulda davolashga ko‘rsatmalar va amaliyot xavfini yuqori aniqlikda hisoblash imkonini bergan;
Val`sal`va sinusi anevrizmasini tashxislash va davolash sifatini yaxshilash yuzasidan bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 yanvardagi 8n-d/2-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Qorinchalararo to‘siq nuqsoni bilan Val`sal`va sinusi anevrizmasining yorilishi qo‘shma kelgan holatlarni xirurgik usulda davolash bosqichlarini optimallashtirish orqali tavsiya etilgan davolash taktikasi sun’iy qon aylanish davomiyligini 36,3%ga va kardioplegiyani 37,4%gacha qisqartirish, bemorlarning kutilayotgan 5 yillik yashab qolish ko‘rsatkichini 75%dan 83%gacha oshirish imkonini bergan.