Kurbaniyazov Zafarjonning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Magistral o‘t yo‘llarining jarohatlari va jarohatdan keyingi chandiqli strikturalarining xirurgik davosi», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib104.

Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Gal`perin Eduard Izrailevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Altiev Bazarbay Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: «A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi» Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik amaliyotlarning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish yo‘li bilan o‘t yo‘llari «yangi» jarohatlari va chandiqli strikturalari bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘t-tosh kasalligi xirurgiyasida kasallik bosqichi, amaliyot turi va shoshilinchligiga bog‘liq ravishda o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari chastotasi aniqlangan hamda jarohat xarakteri, mexanizmi, sathi va uzunligining xususiyatlari aniqlashtirilgan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari bilan bajarilgan rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlardan keyingi uzoq davrda strikturalar shakllanishining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlashtirilgan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlarida rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlarni bajarishning taktik-texnik jihatlari aniqlashtirilgan hamda ularning yaqin va uzoq muddatdagi natijalarga ta’siri aniqlangan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari bilan bemorlarda karkas drenajlash yordamida rekonstruktiv-tiklovchi amaliyotlardan so‘ng xolangitni davolash va profilaktikasi usuli ishlab chiqilgan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari bilan bemorlarda endogen intoksikatsiyaning og‘ir darajasini perioperatsion korreksiya qilish uchun ekstrakorporal modifikatsiyalangan autoplazmani reinfuziya qilish bilan plazmaferez usuli takomillashtirilgan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlarining aniqlanish vaqti, jarohat xarakteri va sathi hamda endogen intoksikatsiya sindromi klinik belgilari og‘irligini hisobga olgan holda davolash optimal taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Magistral o‘t yo‘llari «yangi» jarohatlari va chandiqli strikturalari bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ishlab chiqilgan «Xolemik endotoksikozda organizm detoksikatsiyasi usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04630, 29.12.2012 y.). Taklif etilgan detoksikatsiya usuli endogen intoksikatsiya sindromini korreksiya qilish samaradorligini yaxshilash imkonini bergan;

«Magistral o‘t yo‘llari chandiqli torayishlarini xirurgik davolash», «Magistral o‘t yo‘llari «yangi» jarohatlarini xirurgik davolash» va «O‘t yo‘llari «yangi» jarohatlarining xirurgik korreksiyasiga differensiallashgan yondashuv» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 8n-d/261-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar magistral o‘t yo‘llari «yangi» jarohatlari va chandiqli strikturalarini xirurgik davolash sifatini yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish va bemorlarning kasalxonada yotishini qisqartirish imkonini bergan;

o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari bilan bemorlarni xirurgik davolashni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasi xirurgiya bo‘limi, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 dekabrdagi 8n-d/261-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqotning taklif etilgan natijalari asosida o‘t yo‘llari «yangi» jarohatlari va chandiqli strikturalari bilan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmat ko‘rsatish spektri sezilarli darajada kengaytirilgan hamda amaliyotdan keyingi yaqin va uzoq muddatlarda asoratlarning umumiy chastotasini 56,3%dan 26,0%gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 12,9%dan 6,1%gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish