Shomurodov Qaxramon Erkinovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tanglay kemtikli bolalarda kompleks reabilitatsiyani takomillashtirish va turli usullarda o‘tkazilgan uranoplastika samaradorligini solishtirma baholash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib282.

Ilmiy maslahatchi: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Jun-Young Paeng, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Supiev Turgan Kurganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Yonsey universiteti (Janubiy Koreya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: uranoplastika jarrohlik amaliyotining an’anaviy usullarda erishilgan natijalarini solishtirma baholash va tanglayning anatomik hamda funksional xususiyatlarini to‘liq tiklash imkonini beruvchi usul ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

an’anaviy uranoplastika jarrohlik usullari yumshoq tanglayning etarli darajada uzaytirish va tanglay-halqumning anatomik-funksional xususiyatlarini tiklash imkonini bermasligi isbotlangan;

ilk bor yumshoq tanglay mushaklarini kundalang kesib, hosil bo‘lgan yarani bo‘ylama tikish natijasida tanglayni uzaytirib, anatomik-funksional holatini to‘liq tiklovchi uranoplastika usuli ishlab chiqilgan;

tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda, uranoplastika jarrohlik amaliyotidan so‘ng, tanglay-halqum sohasi mushaklarining anatomik tiklanganlik holatini baholash uchun magnit-rezonans tomografiya va rentgenoskopik tekshiruv usullaridan foydalanish mumkinligi asoslangan;

tanglayning tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda tanglay kemtigining og‘irlik darajasi va jarrohlik amaliyotining o‘tkazilish muddatlaridan qat’i nazar ishlab chiqilgan jarrohlik usuli bilan davolash, yuqori jag‘ suyagining o‘sishi va rivojlanishiga, kemtik fragmentlari orasidagi masofaning qisqarishiga ijobiy ta’siri isbotlangan;

tanglay kemtigi mavjud bolalarda kemtikning og‘irlik darajasi va jarrohlik amaliyotini bola yoshiga qarab qo‘llanilganda turli xil uranoplastika usullaridan so‘ng, raqamli signallar asosida nutq sifati tiklanganligini tahlil qilish orqali tovush talaffuzining sifatini taqqosiy baholash mumkinligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tanglay kemtigi mavjud bo‘lgan bolalarni takomillashtirilgan jarrohlik usuli bilan davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Tanglay tug‘ma kemtiklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 20170221). Mazkur usul tanglay kemtiklari og‘irlik darajalaridan qa’ti nazar tanglay nuqsonini to‘liq bartaraf etish hamda reabilitatsiya muddatini qisqartirish imkonini bergan;

“Uranoplastika jarrohlik usulini yumshoq tanglay to‘qimalarini ko‘ndalang kesmalar o‘tqazish va bo‘ylamasiga tikish orqali amalga oshirish” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 8n-r/165-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bo‘lgan bolalarda jarrohlik usulida davolash samaradorligini oshirish va yumshoq tanglayning uzaytirish imkonini bergan;

“Uranoplastika usullarining so‘zlar talaffuzi tiklanishidagi samaradorligini solishtirma baholash” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/361-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bo‘lgan bolalarni uranoplastikadan keyingi nutq tiklanish samaradorligini so‘zlar orqali baholash imkonini bergan;

“Uranoplastika usullarining tovushlar talaffuzi tiklanishidagi samaradorligini solishtirma baholash” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 8n-r/362-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bo‘lgan bolalarni jarrohlik usulida davolashdan keyin, tovushlar orqali nutq tiklanish samaradorligini baholash imkonini bergan;

yuqori lab va tanglayning tug‘ma kemtiklarini tashxislash va davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi, Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi 8n-d/277-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni klinik amaliyotga joriy qilinishi davolash samaradorligini oshirish va uranoplastika o‘tkazilgandan keyin reabilitatsion davrni 20%ga qisqartirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish