ABIROV Rustam Abdullaevich: «Murakkab yuklanishdagi materiallarning deformatsiyalanishini hisobga olgan holda plastiklikning matematik modellarini rivojlantirish » (01.02.04) – Toshkent davlat texnika universiteti (100095, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy. Tel.: (99871) 246-46-00; fax: (99871) 227-10-32; e-mail: tadqiqitchi@tdtu.uz), (dissertatsiya rus tilida).
Ilmiy maslahatchi: K.Sh. Babamuratov
Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
Rasmiy opponentlar: T.U.Artikov, A.A.Abdusattarov, X.X. Xudaynazarov
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik
I. Tadqiqotning maqsadi: Elastik-plastik jarayonlar nazariyasini rivojlantirish, tajribalar orqali materiallar xossalarini o‘rganib, uning deformatsiyalanish matematik modellarini qurish, taklif etilgan modellar asosida murakkab yuklanish masalalarini echish uchun sonli-analitik hisoblash algoritmini yaratishdan iborat.
Elastik-plastik jarayonlar nazariyasini rivojlantirish, tajribalar orqali materiallar xossalarini o‘rganib yangi topilgan effektlarini tahlilini o‘tkazish, izotrop va anizotrop materiallar deformatsiyalanishini matematik modellarini qurish, taklif etilgan modellar asosida murakkab yuklanish masalalarini echish uchun sonli-analitik hisoblash algoritmini yaratish va ushbu modellar asosida mexanika amaliy masalalarni echimlarini topishdan iborat.
II. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
plastiklik nazariyalarining o‘rganilgan murakkab yuklanish jarayonlari uchun fizik ishonchlilik chegaralari aniqlangan;
tajriba tadqiqotlari asosida izotrop metallar uchun fizik aniqlovchi munosabatlar ishlab chiqilgan;
tajribalar va nazariy izlanishlar asosida transversal-izotrop materiallar uchun holat tenglamasi ishlab chiqilgan;
aniqlovchi munosabatlar modeli uchun masalalarni sonli usulda echish algoritmi qurildi va amaliyotda qo‘llanilgan;
aniqlovchi munosabatlarni turli variantlarda approksimatsiyalash uchun Murakkab yuklanish-EHM (MYu-EHM) usulining yaqinlashuvchanligi tajriba assosida isbotlangan;
murakkab yuklanish orqali jism shakliga plastik ishlov berishda kam ish sarf etilishi isbotlandi va unga erishish yo‘llari ochib berilgan;
taklif etilgan model asosida va chegaraviy integral tenglamalari usuli yordamida amaliyot masalalarin echish uchun sonli usul ishlab chiqilgan.
III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan qiyaliklarning turg‘unligini aniqlash usullari «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi Toshg‘uzar-Boysun temir yo‘l tizimi uchun joriy qilinishi natijasida poezdlarning halokatsiz harakati ta’minlangan (20.09.2011 yildagi dalolatnoma). Ishlab chiqilgan aniqlovchi munosabatlar va rivojlantirilgan sonli usullar inshootlarning ko‘p parametrik kuchlanish ostidagi mustahkamligini aniqlash uchun 16-DATD dasturidagi № FA-A16-F046 «Yoriqsimon materiallarning noelastik xususiyatlarini inobatga olgan holda hisoblash usullarini ishlab chiqish va joriy qilish» va 4-DATD dasturidagi № A-4-048 «Burg‘ilash va quduqlardan foydalanish jarayonida texnik quvurning ezilish sabablarini aniqlash usuli va ezilish natijasida yuzaga keluvchi qiyinchilik va avariyalarni oldini oluvchi qazish texnologiyasini ishlab chiqish» amaliy loyihalarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 13 noyabr 2008 yil va 11 noyabr 2011 yildagi xulosalari).