Madumarov Ilxomjon Dedaxanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani issiqlik-namlik holatini muqobillashtirish va bir tekis ta’minlash asosida tozalash jarayonining samaradorligini oshirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T54.
Ilmiy maslahatchi: Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Sarimsakov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori; Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolasi namligini va haroratini optimal qiymatlarini aniqlash va paxta xomashyosini tozalash mashinalariga titilgan holda, bir me’yorda uzluksiz ta’minlab berish asosida mashinalar tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasiga issiq havo berish yo‘li orqali takomillashtirilgan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tozalash mashinalariga paxta xomashyosining tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolgan holda bir me’yorda uzluksiz ta’minlab beruvchi ta’minlagich yaratilgan;
paxtaning tolali masasi tarkibidan mayda iflos aralashmalarning ajralish jarayonini matematik bog‘lanishlari va harakat qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
to‘rli yuza bo‘ylab harakatlanayotgan paxta tolasi tarkibidan ajraladigan iflosliklar miqdorini yuza bo‘ylab taqsimlanishi va to‘rli yuzalarda iflosliklarni ajralish qonuniyati nazariy tadqiqotlar asosida aniqlangan;
turli zichliklarda harakatlanayotgan o‘zaro elastik bog‘lanishda bo‘lgan ikki va undan ortiq paxta bo‘lakchalari tarkibidan iflosliklarni ajralish jarayonini matematik bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
tozalash jarayonida mashinalar samaradorligini yuqori bo‘lishini ta’minlovchi paxta tolali masasi namligi va haroratini ratsional ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
paxtani tozalash mashinalarining ta’minlash qurilmasi ishchi organlarini asosiy ko‘rsatkichlariga va mashinaning tozalash samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
quritish texnologik jarayonida tolaning me’yoriy namligini ta’minlovchi quritish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtani issiqlik-namlik holatini muqobillashtirish va bir tekis ta’minlash orqali tozalash jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan ta’minlash qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “To‘raqurg‘on paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-18/5552-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash mashinasining samaradorligi 5,0÷6,0%ga oshirish imkoni yaratilgan;
shaxta-to‘plagichning muqobil konstruksiyali paxta tozalash mashinasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Bo‘ka paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-18/5552-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani tozalash jarayoniga bir tekisga uzatilishiga erishilib, mashinaning tozalash samaradorligini 7,0÷8,0%ga oshirish imkonini bergan;
paxtani tozalash jarayoni rejim parametrlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-18/5552-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi samaradorligini 8–10%ga oshishiga, toladagi iflosliklar va nuqsonlar miqdorini 0,3–0,4%ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
chigitli paxtani takomillashtirilgan quritish-tozalash texnologiyasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufiga kiruvchi korxonalarda, jumladan “Bo‘ka paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2018 yil 25 sentyabrdagi 02-18/5552-son ma’lumotnomasi). Natijada sarflanayotgan yoqilg‘i sarfini 40–50 %ga kamaytirish imkoni yaratilgan.