Muminov Kadir Pulatovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstrapul`monal o‘zgarishlar bilan kechayotgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi diagnostikasi va bashoratlashni optimallashtirish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib43.

Ilmiy maslahatchi: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulugbek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: A.I.Evdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiy-stomatologiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ekstrapul`monal o‘zgarishlar bilan kechayotgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligini tashxislash va bashoratlashni optimallashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor nafas a’zolari kasalliklari bo‘lgan bemorlar ambulatoriya xaritalarining retrospektiv tahlili asosida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida gipodiagnostikaning o‘rni aniqlangan;

o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida markaziy gemodinamika holatining o‘zgarishi uning zo‘rayishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor O‘SOKda eritrotsitlar membranasidagi oksidlovchi stress jarayoni hamda antioksidant himoya omillari ingibirlanishining rivojlanishi ularning barqarorligi va faolligining buzilishiga olib kelishi isbotlangan;

ilk bor kasallik og‘irlik darajasiga bog‘liq holda qonning elektron va kislorod tashish faoliyati buzilishi eritrotsitlarda HbO2, DHb, MtHb miqdorlari nomutanosibligi paydo bo‘lishi aniqlangan; 

o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi og‘irlik darajasiga bog‘liq xolda gematologik maqom holati kamqonlik tarafga siljishi isbotlangan;

kasallikda suyakning mineral zichligi hamda nutritiv maqomi ko‘rsatkichlari (ozg‘in tana vazni, jismoniy yuklamaga mushak kuchi va tolerantlik)ning kamayishi bronxial obstruksiya, tizimli yallig‘lanish va gipoksiyaga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi zo‘rayishida endogen omillar va ekstrapul`monal buzilishlarning prediktorli ahamiyati aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Ekstrapul`monal o‘zgarishlar bilan kechayotgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligini tashxislash va bashoratlashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan bemorlarda markaziy gemodinamika holati» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n–r/288-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘SOK zo‘rayganda o‘pkadan tashqari prediktorlarni o‘z vaqtida aniqlash va monitoring qilish samardorligini oshirish imkonini bergan;

«O‘pka surunkali obstruktiv kasalligida eritrotsitlarning funksional faolligini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n–r/289-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘SOK bo‘lgan bemorlarda eritrotsitlarning funksional faolligini baholash imkonini bergan;

«O‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan bemorlarda ferrokinetiklar parametrlarini baholash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n–r/287 -son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bo‘lgan bemorlarda ferrokinetiklar ko‘rsatkichlari o‘zgarishini baholash imkonini bergan;

ekstrapul`monal o‘zgarishlar bilan kechayotgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligini tashxislash va davolashning yangi uslullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent shahar 1- va 4-klinik shifoxonalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 8n–d/249-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali kasallik asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish