Muminova Gulmira Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot kommunikatsiya xizmatlari bozorini rivojlantirishda innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish», 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt69.
Ilmiy rahbar: Bekmuradov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulev Dilmurod Mirzaaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sharifxodjaev Usmon Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya xizmatlari bozorini rivojlantirishda innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy media xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalarning innovatsion marketing strategiyalarining samaradorligini baholash iste’molchilarni hisobga olib boruvchi platformalar asosidagi muloqot va media brendlarni raqamli dasturlar orqali onlayn targ‘ib etish omillari negizida takomillashtirilgan;
marketing makonidagi elektron xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish va iste’molchilarga ijtimoiy naf keltiruvchi o‘zaro xatti-harakatlarni o‘rnatishda ijtimoiy media mijozlarining maqsadli segmentini tanlashning marketing mobil qidiruvi, geotargeting, tezkor muloqot kodlari (QR-kod) va yaqin maydon aloqasi shaklidagi faol marketing platformalarining ta’siri asoslangan;
axborot-kommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarning iste’molchilar bilan qayta aloqa mexanizmi innovatsion marketingning kontent va ijtimoiy media marketing texnologiyalariga «artificial intelligence»ni maqsadli joylashtirish asosida takomillashtirilgan;
axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalarning veb-saytlarini ijtimoiy medialar bilan mul`tiplikativ aloqasini ta’minlashning qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO) virtual axborot makonlari reytingi va personal brendingini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsiya xizmatlari bozorini rivojlantirishda innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
axborot-kommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarning iste’molchilar bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish tizimini kontent marketing (content marketing), ijtimoiy media marketingi (social media marketing-SMM), kraudsorsing (crowdsourcing), mobil marketing (mobile marketing), sun’iy intellektga (artificial intelligence-AI) asoslangan innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Vazirlikning 2019 yil 7 fevraldagi 33-8/953 son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida «RBR Market» MChJning xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar soni 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 7 foizga, «Brio Group» MChJning xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar soni 10 barobarga, «Uchtepa Invest Group» MChJning xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar soni 9 foizga oshgan;
axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalarning marketing kommunikatsiyasi hisoblangan Veb-saytlarini ijtimoiy medialar bilan integratsiyasini onlayn vertual axborot makonlarini yaratish, innovatsion marketingning kontentni siljitish, personal brendingi, reyting va top kabi dastaklaridan foydalanish vositalari orqali optimallashtirish (Social Media Optimization-SMO) bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Vazirlikning 2019 yil 7 fevraldagi 33-8/953 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida vazirlik tizimidagi korxonalarda 2018 yilda 2017 yilga nisbatan quyidagi iqtisodiy samaradorlikka erishilgan: «Kommersant Media Group» MChJda Veb-saytlardan foydalanuvchi mijozlar soni 9 foizga, saytda reklama beruvchilar soni 4 foizga oshib, iqtisodiy samara 120 mln. so‘mni tashkil etgan; «Uchtepa Invest Group» MChJda Veb-saytlardan foydalanuvchi mijozlar soni 2,3 foizga oshgan, marketing kommunikatsiyasi xarajatlari esa 53 foizga kamaygan; «Brio Group» MChJda Veb-saytlardan foydalanuvchi mijozlar soni 5 barobarga va xizmat ko‘rsatish xajmi 60 foizga oshgan, «RBR Market» MChJda Veb-saytlardan foydalanuvchi mijozlar soni 12 foizga, xizmat ko‘rsatish xajmi esa 5,2 foizga oshgan;
axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalarning innovatsion marketing strategiyalari samaradorligini baholashning iste’molchilarni hisobga olib boruvchi ijtimoiy media platformalari orqali muloqot o‘rnatish, savdoni oshirish, brendlarni targ‘ib etish, iste’molchilarga yordam ko‘rsatishni rag‘batlantirish omillari asosida takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Vazirlikning 2019 yil 7 fevraldagi 33-8/953 son ma’lumotnomasi). Ushbu usulni amaliyotga joriy etilishi aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning ijtimoiy media platformalarida e’lon qilinayotgan kontentlarning iste’molchilar xulq-at’vorlariga ta’sirini chuqur o‘rganishga va samarali ijtimoiy media marketing strategiyalarini ishlab chiqishga imkon yaratgan. Natijada, «Uchtepa Invest Group» MChJda doimiy mijozlar soni 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 3 foizga oshgan va iqtisodiy samara 197 mln.so‘mni tashkil etgan;
elektron xizmatlar bozorida iste’molchilar bilan samarali munosabat o‘rnatish va yangi mijozlarni uzluksiz jalb etishda innovatsion mobil marketing strategiyalarining mobil ilova, mobil qidiruv, geotargeting, mobil ijtimoiy tarmoq, QR-kodlashtirish va yaqin maydon aloqasi (Near Field Communication-NFC) texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Vazirlikning 2019 yil 7 fevraldagi 33-8/953 son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida «Uchtepa Invest Group» MChJda elektron to‘lov tizimidan foydalanuvchilar soni 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12 foizga, «RBR Market» MChJda esa 15 foizga oshgan.