Ahmedova Dilfuza Rafukjanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlaridagi funksional va uslubiy xususiyatlari», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Fil84

Ilmiy maslahatchi: Quronbekov Axmadqul, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc. 27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Xamroev Jumaqulfilologiya fanlari doktori, professor, Iskandarova Sharifa filologiya fanlari doktori, professor, Teshabaeva Dilfuza Muminovna filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fors tili gazeta matnlarida so‘z turkumlarining tarkibi, ularning funksional-uslubiy xosliklarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fors tili publisistik uslubining axborot etkazish va hodisalarga baho berish, o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish kabi vazifalarini ro‘yobga chiqarishda so‘z turkumlarining o‘rni isbotlangan;

gazeta matnlarida qo‘llangan ot, olmosh va son so‘z turkumlari emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi asosiy vositalar ekanligi asoslangan;

gazeta matnida informatsion va ta’sir etish funksiyasining o‘zaro munosabati natijasida ekspressiya (konnotatsiya, voqea-hodisa tafsilotlariga baho berish) va standart (aniqlik, qisqalik, dolzarblik) uyg‘unligi aniqlangan;

gazeta matnlarida qo‘llangan so‘z turkumlari funksional-uslubiy imkoniyatlarining bir xil emasligi turdosh va atoqli ot, tub va yasama sifat, fe’l zamonlari, nisbat va mayl kategoriyalari kabi leksik-grammatik shakllar vositasida dalillangan;

gazeta matnlarida so‘z turkumlarining qo‘llanishiga ko‘ra faollik darajasi o‘rtasidagi farqlar informativlilik, aniqlik, qisqalik funksiyalaridan kelib chiqib asoslab berilgan;

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarildagi uslubiy va funksional xususiyatlari, gazeta matnlari tarjimasidagi o‘ziga xosliklar tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

gazeta matnlari tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar A 1-180 «Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (OO‘MTVning 2018 yil 18 apreldagi 98-03-1500-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi gazeta matni tarjimasi jarayonida uslubiy moslashuv, tarjima qilinayotgan matn funksional uslubining lingvistik xususiyatini aniqlab olish, tarjima jarayonida ushbu uslubga xos ekvivalentlarni tanlash, tarjimaning asl matn uslubi bilan hamohang tarzda amalga oshirishga oid yangicha nazariy yondashuvlari bilan bog‘liq masalalarni aniqlashga xizmat qilgan;

gazeta matnlarida qo‘llangan so‘z turkumlari funksional-uslubiy imkoniyatlarining bir xil emasligiga oid natijalar va materiallardan O‘zbekistondagi Eron madaniyat markazi ilmiy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining 2017 yil 22 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar gazeta matnlarida qo‘llangan so‘z turkumlari  fors tili publisistik uslubining axborot etkazish va hodisalarga baho berish kabi vazifalarini ro‘yobga chiqarishda asosiy o‘rinni egallashiga oid masalalarni yoritishga imkon bergan;

gazeta matnlarida qo‘llangan etnonimlarning lingvistik xususiyatlariga doir olingan natijalar OT-F1-71 raqamli «Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etno-lingvistik vaziyat» nomli ilmiy loyihada foydalanilgan (OO‘MTVning 2018 yil 18 apreldagi 98-03-1500-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar forsiyzabon mintaqalardagi etnolingvistik vaziyatni oydinlashtirishga asos bo‘lgan.

gazeta matnlari tadqiqida uning grammatik tuzilishi, mazmuni, uslubi va leksikasini o‘rganish jarayonlariga oid natijalar va materiallardan O‘zbekistondagi Eron madaniyat markazida fors-o‘zbek madaniy va ilmiy aloqalar doirasida tashkil etilgan ilmiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekistondagi Eron Islom Respublikasi elchixonasining 2017 yil 22 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar fors tilidagi leksik-grammatik vositalarni ma’lum vaziyatga moslab to‘g‘ri qo‘llay olish uchun imkon yaratgan.

til rivojida ommaviy axborot vositalarining o‘rni bo‘yicha olingan natijalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida «Til ziynati» va «Bashariyat siymolari»  turkum ko‘rsatuvlarini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat telekanali» davlat unitar korxonasi, 2018 yil 16 oktyabrdagi 01-16/486-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotga tortilgan ommaviy axborot vositalarining o‘rni va uning til rivojiga, til madaniyati shakllanishiga ta’siri haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuvlar ta’sirchanligi va xilqchilligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish