Abdulazizova Shoira Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘lardagi quruqlik mollyuskalarining biologik xilma-xilligi», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B190.
Ilmiy rahbar: Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofi tog‘laridagi quruqlik mollyuskalari zamonaviy holatini baholash va xo‘jalikdagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofidagi tog‘larda quruqlik mollyuskalarining 15 oila, 29 avlod, 56 turi tarqalganligi aniqlangan;
quruqlik mollyuskalaridan fan uchun bitta yangi avlod va bitta yangi tur hamda hudud faunasi uchun 11 ta yangi tur aniqlangan;
quruqlik mollyuskalarining konxologik belgilari o‘zgaruvchanligining chig‘anoq shakli, rangi, qalinligi, skul`pturasi va morfometrik o‘lchamlarida namoyon bo‘lishi asoslangan hamda o‘zgaruvchanligining sabablari isbotlangan;
Bradybaenidae (Pilsbry, 1939) oilasiga mansub mollyuskalar reproduktiv traktining morfologik evolyusiyasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofi tog‘larida tarqalgan quruqlik mollyuskalarining biologik xilma-xilligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fan uchun yangi Kugitangia avlodi va yangi Kugitangia hatagica turining taksonomik belgilari bo‘yicha ma’lumotlar Zoologik nomenklaturaning xalqaro rasmiy ro‘yxatiga joylashtirilgan (Zoologik nomenklatura bo‘yicha xalqaro rasmiy ro‘yxat, zoobank.org). Natijada Kugitangia avlodiga-CDIB924E-6D5A47AO-B352-F929996F43BC va K.hatagica turiga-AE80E7C4-6FF9-4EE5-A5B5-610E8F230752 identifikatsiya raqamlarini olish hamda xalqaro miqyosda qorinoyoqli mollyuska turlari filogeniyasini tahlil qilish imkonini bergan;
K.hatagica turining 6 ta nusxasi Lc-40369 va Lc-40370 raqamlari ostida Moskva davlat universiteti Zoologiya muzeyining «Qorinoyoqli mollyuskalar kolleksiyasi»ga kiritilgan (Moskva davlat universiteti Zoologiya muzeyining 2019 yil 22 yanvardagi 49-son ma’lumotnomasi). Natijada quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarining taksonomik tarkibini aniqlash va qiyosiy tahlil o‘tkazish imkonini bergan;
Surxon-Sherobod vodiysi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘lar malokofaunasiga doir
11 turga mansub 47 nusxa namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 21 dekabrdagi 4/1255-3354-son ma’lumotnomasi). Natijada quruqlik mollyuskalari taksonomik holatini aniqlash va kamyob turlari zamonaviy holatini aks ettiruvchi interaktiv atlas tayyorlash imkonini bergan;
K.hatagica, F.perlucens vaF.fedtschenkoi kamyob turlarining tarqalishi va populyasiyalari holati bo‘yicha natijalar «Surxon» davlat qo‘riqxonasining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan umurtqasiz hayvonlarni monitoring qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 17 dekabrdagi 05/21-4194-son ma’lumotnomasi). Natijada quruqlik mollyuskalari kamyob turlari zamonaviy holatini baholash va muhofazaga muhtoj turlarini saqlab qolish imkonini bergan.