Tufliev Nodirbek Xushvaqtovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurash majmuini yaratish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx58.

Ilmiy maslahatchi: Gapparov Furkat Axatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Kimsanbaev Xujamurat Xamrokulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Amanov Shuxrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida uchraydigan zararli chigirtkalar turlarini aniqlash, ularning ko‘payish sabablari, zarari, rivojlanish xususiyatlari hamda ularga qarshi mikrobiologik, kimyoviy insektisidlardan foydalanib, samarali kurash usul va vositalar majmuini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qishloq xo‘jalik ekinlari atrofida uchraydigan hamda O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi yaylovlarida 34 ta, cho‘l hududlarida 36 ta tur chigirtkalar orasidan asosiy zararli turlari belgilanib, ularning ko‘payish sabablari, zarari va rivojlanish xususiyatlari asoslangan;

zararli chigirtkalardan ajratib olingan kasallik qo‘zg‘atuvchi entomopatogen mikroorganizmlarning turkumlari aniqlangan va ulardan istiqbolli zamburug‘ namunalarining patogenlik darajalari baholangan;

zararli chigirtkalarga qarshi ekologik xavfsiz mikrobiologik Metarhizium, Beauveria brongniartii zamburug‘lari asosidagi biopreparatlarning biologik samaradorliklari aniqlangan;

tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida uchraydigan zararli chigirtkalarga qarshi turli kimyoviy guruhga mansub yangi zamonaviy insektisidlarning biologik va xo‘jalik samaradorligi aniqlangan;

qishloq xo‘jalik ekinlari atrofidagi to‘da hosil qilmaydigan zararli chigirtkalarga qarshi samarali kurash texnologiyasi ishlab chiqilgan;

zararli chigirtkalarga qarshi to‘siq usulida ishlov o‘tkazishning shart-sharoitlari, afzalliklari va ushbu usulning biologik hamda xo‘jalik samaradorligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonning tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurash majmuini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

O‘zbekistonning tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida uchraydigan zararli chigirtkalarga qarshi 31 ta turli kimyoviy guruhga mansub preparatlar va 4 ta mikrobiologik biopreparat “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasining 2018 yil 29 iyundagi 2-5-105-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu Ro‘yxatga kiritilgan vositalardan zararli chigirtkalarga qarshi kurashda keng foydalanilgan;

zararli chigirtkalarning 2–3 va 4–5 yosh lichinkalariga qarshi Atilla super, 10% em.k.-0,075–0,125 l/ga, Bagira, 20% em.k.-0,05–0,1 l/ga, Difuz, 48% sus.k.-0,03 l/ga, Karache, 10% em.k.-0,075–0,125 l/ga, Gunsyao super, 20% em.k.-0,0375–0,0625 l/ga sarf-me’yorlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samaraqand, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 mln 710 ming 909 gektardan ortiq maydonda joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 14 avgustdagi 02-12/1497-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarida zararli chigirtkalar xavfining oldi olinishga erishilgan;

yuqori biologik samarali Bagira, Difuz, Karache, Gunsyao super preparatlari tog‘oldi, yaylov va cho‘l hududlarda 1710909 gektardan ortiq maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/023-246-son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovlardan o‘rtacha gektaridan 650–800 kg qo‘shimcha pichan hosili saqlab qolingan;

zararli chigirtkalarga qarshi Difuz va Bagira preparatlari Navoiy viloyatining tog‘oldi yaylovlarida 1000 gektar maydonda to‘siq usulida kurash joriy etilgan (“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 14 avgustdagi 02-12/1497-son ma’lumotnomasi). Natijada zararli chigirtkalarning yaylov o‘simliklari va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltirishining oldi olinishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish