Shukurov Xushvaqt Mamasalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urug‘ mevali bog‘larda uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalarning bioekologiyasi va ularga qarshi himoya qilish tizimini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx312.

Ilmiy rahbar: Yusupov Abdusalim Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bobobekov Qalandar Bobobekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: urug‘ mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarning tur tarkibi, tarqalishi, ularning zarari, bioekologik xususiyatlari hamda tabiiy kushandalarini aniqlash asosida qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Toshkent va Surxondaryo viloyatlari sharoitida bog‘dorchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda urug‘ mevali bog‘larning so‘ruvchi zararkunandalarining tur tarkibi va ularning dominant turlari monitoring asosida aniqlangan;

so‘ruvchi zararkunandalarning asosiy dominant turlarini tarqalish areali, bioekologik xususiyatlari, fenologiyasi va zarar keltirish darajasi aniqlangan;

urug‘ mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarning tabiiy kushandalari, ularning tur tarkibi, zararkunandalar sonini kamaytirishdagi ahamiyati aniqlangan;

urug‘ mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi yangi Sansey 12,5% em.k. va Dnoks 40% n.kuk. preparatlari sinovdan o‘tkazilgan va ishlab chiqarishga tavsiya etilgan;

so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kimyoviy preparatlarni qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini aniqlash hisobiga ilmiy asoslangan kurash choralari ishlab chiqilgan;

urug‘ mevali bog‘larni so‘ruvchi zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning takomillashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Urug‘ mevali bog‘larda so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

urug‘ mevali bog‘larning asosiy so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi ishlab chiqilgan uyg‘unlashgan tizimi Toshkent viloyati Qibray va Ohangaron tumanlari bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 159 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-299-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning biologik samaradorligi preparat sepilgandan keyin 14 kunga kelib 90-95 foizni tashkil etgan;

so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi ishlab chiqilgan uyg‘unlashgan tizimi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida esa 35 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/030-299-son ma’lumotnomasi). Natijada bir gektar maydondan o‘rtacha 12-15 mln. so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishga erishilgan;

urug‘ mevali bog‘larning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash jarayonida Dnoks 0,3 kg/ga; Kalito 0,15 l/ga, Sansey 0,8 l/ga, Killer-ekstra 0,25 l/ga va Bagira 0,5 l/ga preparatlari joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiadorlik jamiyatining 2018 yil 22 noyabrdagi 03-03/1841-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘ mevali bog‘larning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurash hisobiga gektardan 25-35 sentnergacha hosilni saqlab qolishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish