Murodova Dilorom Subxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Supratentorial joylashgan miya o‘smalarini tashxislashning kompleks usullari va xirurgik davolash», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib124.
Ilmiy rahbar: Axmediev Maxmud Mansurovich,tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.28.02.2018.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Kobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamov Mansur Kamolovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazi qoshidagi A.L.Polenov nomidagi neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diffuzion-tenzor(DT)-traktografiya va bosh miya o‘tkazish yo‘llarini IM ma’lumotlari asosida supratentorial bosh miya o‘smalarining xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
supratentorial bosh miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarda operatsiyagacha bo‘lgan davrni rejalashtirish uchun DT-traktografiya yordamida o‘smaning nafaqat chegaralari, balki bosh miya o‘tkazish yo‘llari destruksiya hududlarini ko‘rish imkoniyatini ham beruvchi optimal xirurgik uslubini tanlashga differensial yondashuv asoslangan;
bosh miya harakat yo‘llari jarohatini kamaytirishga va xirurgik amaliyoti radikalligini oshirishga imkon beruvchi EMG va intraoperatsion monitoring o‘tkazilgan holda supratentorial o‘smalarni topografik tashxislash va ratsional olib tashlash bo‘yicha jarrohlik taktikasini differensial tanlash ko‘rsatmalari optimallashtirilgan;
supratentorial bosh miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarda nevrologik o‘zgarishlar og‘irligini baholashning klinik ball shkalasi ishlab chiqilgan;
harakat yo‘llarini intraoperatsion monitoring va DT-traktografiyani birga qo‘llash bemorlarda operatsiyadan keyingi davrdagi nevrologik o‘zgarishlar og‘irligining ishonarli pasayishiga va bemorlar hayot sifatini yaxshilanishiga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Supratentorial bosh miya o‘smalari bo‘lgan bemorlarda tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Bosh miya katta yarim sharlari o‘smalari jarrohlik amaliyotida neyrovizualizatsiyaning zamonaviy usullarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/185-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyalar supratentorial BMO‘ni DT-traktografiya qo‘llangan holda IM o‘tkazish xirurgik amaliyotni aniq va xavfsiz ravishda bajarish, shu bilan birga operatsiya samarasini va radikalligini oshirish hamda nevrologik defisitni shakllanishini oldini olish imkonini bergan;
supratentorial bosh miya o‘smalarini tashxislash va davolash taktikasini ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-son klinikasi, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/185-son ma’lumotnomasi). Natijada operatsiyalar radikalligini 39%ga oshirish, nevrologik o‘zgarishlarni 24%ga kamaytirish va bemorlar hayoti sifatini 9%ga oshirish imkonini bergan.