Egamova Feruza Rustamovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organizmdagi buzilgan adaptativ jarayonlarni steroid va polifenol tuzilishga ega tabiiy birikmalar orqali farmakologik muvofiqlashtirish», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V264.

Ilmiy rahbar: Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Ergasheva Mukaramoy Jurabaevna, biologiya fanlari doktori; Fayzieva Ziyoda Turaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fitoekdisteroidlar, sikloartan glikozidlar va flavonoidlarning organizmda buzilgan adaptativ jarayonlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fitoekdisteroidlar universal adaptogen vositalar sifatida to‘liq tavsiflangan hamda sikloartan glikozidlar va flavonoidlarning ta’sirida tajribaviy hayvonlar organizmida namoyon bo‘ladigan ko‘pgina biologik faolliklarda adaptogen xususiyati  mavjudligi isbotlangan;

ekdisteroid, sikloartan va flavonoid saqlovchi substansiyalarning organizm adaptatsion potensialini oshirishi, ya’ni ularning almashinuv jarayonlariga mo‘’tadillashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi lipidlarning perekisli oksidlanishiga va antioksidant tizimi holatiga  ta’siri bilan bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor fitoekdisteroidlar (ko‘proq darajada) hamda sikloartan glikozidlar va flavonoidlar (ayniqsa ularning yig‘ma preparatlari) organizmning adaptatsion potensialini oshirish xususiyati bo‘yicha taniqli adaptogen vosita-eleuterokokk ekstraktiga nisbatan bir qator afzalliklarga egaligi isbotlangan;

ekdistreoid saqlovchi vositalarning qahrabo kislotasi yoki tetiklashtiruvchi ta’sirga ega o‘simlik ekstraktlari bilan majmuasi organizmning noqulay ta’sirlarga shartsiz qarshiligini yanada ko‘proq darajada oshirishi aniqlangan;

ilk bor yaqqol adaptogen faollikka ega ekdisteroid, sikloartan va flavonoid saqlovchi substansiyalar tajribaviy patologik holatlarga (toksik gepatitda, leykopeniyada, teri qoplami va oshqozon shillig‘i yaralarida, radioaktiv nurlanishda) himoyalovchi ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga egaligi va ular turli xil stress-katabolik ta’sirlarda organizmning funksional-metabolik holatidagi ko‘p sonli salbiy oqibatlarni farmakologik muvofiqlashtiruvchi faollikka ega potensial vosita ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fitoekdisteroidlar, sikloartan glikozidlar va flavonoidlar asosida olingan substansiyalarning turli tajribaviy patologik holatlarda adaptogen ta’sir samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

aktoprotektor, adaptogen va quvvatni oshirish faolligiga ega vosita yaratish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05395, 2017 y.). Natijada mahalliy xomashyodan samarali quvvatlantiruvchi, aktoprotektorli va adaptogen faollikka ega bo‘lgan dorivor vosita yaratish imkonini bergan;

immunomodullovchi va adaptogen dori vositasini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05396, 2017 y.). Natijada mahalliy samarali immunomodullovchi va adaptogen dori vosita yaratish imkonini bergan;

«Eksumid» ozuqaga biologik faol qo‘shimchasini (BFQ) ishlab chiqarish texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan (Ts03535440-015:2015) va «Toshkent shahar sinovlar va sertifikatlash markazi» Davlat korxonasi davlat reestrida ro‘yxatga olingan (№Uz.SMT.01.313.1978918, 15.02.2017 y.), O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat etilgan ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ro‘yxatiga kiritilgan (№000482). Natijada mahalliy xomashyo asosida samarali quvvatlantiruvchi va adaptogen ta’sirga ega vosita yaratish imkonini bergan;

«Ekditon» ozuqaga biologik faol qo‘shimchasi (BFQ) ishlab chiqarish texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (Ts64-23325453-001:2013), O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga ruxsat etilgan ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ro‘yxatiga kiritilgan (№000667) va «Bioton» korxonasida texnologiyasi o‘zlashtirilgan. Natijada mahalliy xomashyo asosida samarali tetiklashtiruvchi va adaptogen vosita yaratish imkonini bergan;

flanorin-jigarni himoyalovchi (№01558/06/17, 06.06.2017 y.) va sinarozid-gipoazotemik vositalariga (№00880/07/16, 08.07.2016 y.) «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» davlat unitar korxonasining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olingan. Natijada ushbu preparatlarning qo‘llanilishini yanada kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish