Sherimbetov Vafabay Xalilullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jizzax cho‘li tuproqlari cho‘llanish jarayonini GAT asosida masofaviy ma’lumotlarga ishlov berish orqali aniqlash va baholash», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/B263.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, biologiya fanlari doktori; Bobomurodov Shuhrat Mehribonovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax cho‘li tuproqlari cho‘llanish jarayoni o‘zgarish tendensiyalarini masofaviy ma’lumotlar va zamonaviy GAT texnologiyalari asosida aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor masofaviy va er usti kuzatuv ma’lumotlariga zamonaviy GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida cho‘llanish jarayonlariga havfi bor hududlar aniqlangan;
Jizzax cho‘li hududida tarqalgan tuproqlarning xossa-xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan va cho‘llanish jarayonlarini indikator ko‘rsatkichlari aniqlangan;
Jizzax cho‘li hududida cho‘llanish jarayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi tabiiy-iqlim va tuproq-ekologik omillarning ta’siri asoslangan;
Landsat kosmik tasvirlar kanallari kombinatsiyalarining interpretatsiyasi va cho‘llanish jarayonlari indikator ko‘rsatkichlari asosida hudud erlari cho‘llanish darajalari bo‘yicha guruhlarga ajratilgan va baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax cho‘li tuproqlari cho‘llanish jarayonini zamonaviy uslublar bilan aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jizzax cho‘li hududidagi cho‘llanish jarayoni va uni xavfini aks ettiruvchi 1:200000 masshtabdagi umumiy maydoni 109730 gektarni tashkil etuvchi xarita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 27 sentyabrdagi
03-01/12-4181-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xarita ma’lumotlari degradatsiya va cho‘llanishga uchragan erlarni aniqlash hamda baholash, tuproqlarda sodir bo‘layotgan salbiy jarayonlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
hudud tuproqlarining sho‘rlanish tipi va darajalarini aks ettiruvchi 1:100000 masshtabdagi elektron qatlamli xaritalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 27 sentyabrdagi 03-01/12-4181-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xarita ma’lumotlari hudud tuproqlarining sho‘rlanish darajalarini va ularga bog‘liq xolda o‘simliklar qoplamining yillar davomida o‘zgarishini monitoring qilish hamda tuproq va o‘simliklar dunyosini muhofazasiga oid chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
hududning tuproq-ekologik holatini belgilovchi 1:100000 masshtabdagi turli mavzuli xaritalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 27 sentyabrdagi 03-01/12-4181-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xaritalar ma’lumotlaridan erlarni ekologik holatini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlarning tuproq-ekologik holatini tahlil qilish, ekin turlarini tanlash va joylashtirish, hudud tuproqlarini holatini yaxshilash bo‘yicha bir qator asoslangan ekologik xulosalar ishlab chiqish imkonini bergan.