Madrimov Rajabboy Masharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshsoqa platosida tarqalgan tuproqlarning ekologik-genetik jihatlari, evolyusiyasi va ularning unumdorligini baholash», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V259.
Ilmiy rahbar: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor;
Ismanov Abduvahob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi,katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshsoqa platosida tarqalgan tuproqlarnievolyusiyasi hamda tabiiy-iqlim sharoitlariga ko‘ra hozirgi holatini aniqlash, unumdorligini baholash, shuningdek qishloq xo‘jalik ekinlarni joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududdagi sur tusli qo‘ng‘ir, cho‘l-o‘tloqi va o‘tloqi-allyuvial hamda botqoq-o‘tloqi tuproqlarning yillar mobaynida o‘zgarish dinamikasi, morfogenetik xususiyatlari, gipslanish va sho‘rlanish darajasi, gumus holati, yalpi kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
antropogen omillar ta’sirida tuproqdagi kechadigan jarayonlarini ekologik-genetik jihatlari, transformatsiyasi va evolyusion o‘zgarishlari natijasida yangi tuproq genetik guruhlari shakllanganligi aniqlangan;
Tuyamo‘yin suv ombori ta’sirida hudud tuproqlarining avtomorfdan, yarimgidromorf va gidromorf rejimga o‘tishidan o‘tloqilanish jarayoni shakllanganligi aniqlangan;
hudud tuproqlarining hozirgi holati va xossa-xususiyatlari bo‘yicha unumdorligi baholanib, tuproq va tuproq sifatini baholash xaritalari hamda qishloq xo‘jalik ekin turlarini joylashtirish xarita-sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshsoqa platosida tarqalgan tuproqlarning ekologik-genetik jihatlari, evolyusiyasi va unumdorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududning 22329,9 gektar er maydoniga ishlab chiqilgan 1:25000 miqyosdagi tuproq xaritasi Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 avgustdagi 02-05-6445-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq xaritasi ma’lumotlari er resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
sug‘oriladigan tuproqlarning 1:25000 miqyosdagi tuproq sifatini baholash xaritasi Xorazm viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Pitnak shahar er resurslari va davlat kadastri bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 avgustdagi 02-05-6445-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq sifatini baholash xaritasi ma’lumotlari sug‘oriladigan erlarni sifatiga ko‘ra, ekinlarni joylashtirish va hosildorligini belgilashga qo‘shimcha tavsiya sifatida qo‘llash imkonini bergan;
qishloq xo‘jalik ekinlarni joylashtirish xarita-sxemasi Xorazm viloyati Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Pitnak shahar er resurslari va davlat kadastri bo‘limida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 avgustdagi 02-05-6445-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xarita-sxemasi ma’lumotlari qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish imkonini bergan.