Kamilov Baxtiyar Ganievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ovlanadigan baliq turlarining rekroduktiv biologiyasi xususiyatlari»,03.00.15–Ixtiologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/V33.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Pazilov Abduvaeit Pazilovich, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlyanov Ochil Mavlyanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Jumanov Muratbay Aripbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida baliqchilikni rivojlantirish va akvakul`turada baliqlarni ko‘paytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini tanlash uchun asosiy ovlanadigan baliq turlarining reproduktiv biologiyasi xususiyatlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tabiiy suv havzalari va hovuzlarda asosiy ovlanadigan baliqlar urg‘ochisi jinsiy voyaga etishining tezligi, urchish oldidan jinsiy voyaga etgan urg‘ochi baliqlarning etilganlik koeffisienti, mutlaq va nisbiy serpushtligi, etilgan va tashlangan ikralar o‘lchamlari aniqlangan;

baliqlar reproduktiv biologiyasi ko‘rsatkichlari gistologik tahlil darajasida retrospektiv baholash orqali baliqlar o‘sishi bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

baliqlar populyasiyalari va avlodlari reproduktiv biologiyasi xususiyatlarining populyasiya ichidagi  o‘zgaruvchanligi qiyosiy tahlil natijasida  ochib berilgan;

baliqchilik xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan naslchilik ishlarini tashkillashtirishda turlar reproduktiv imkoniyatlaridan foydalanish, yovvoy to‘dalarga taqqoslaganda, ota-onalar to‘dasida tez jinsiy voyaga etishini hamda yuqori-mutlaq va nisbiy serpushtlikni ta’minlashi isbotlangan;

guruhlar ichidagi o‘zgaruvchanlikni aniqlash misolida karp va oq do‘ngpeshona baliqlarining respublikada nisbatan tez jinsiy etiladigan va serpusht to‘dalarini shakllantirishi aniqlangan;

noan’anaviy geografik sharoit va muddatlarda baliqlarni sun’iy urchitish uchun ko‘paytiriladigan baliqlarni saqlash sharoitini boshqarishning intensiv akvakul`turani rivojlantirish uchun istiqbolli ekanligi isbotlangan;

daryolar oqimining boshqarilishi va zamonaviy baliq ovlash sharoitida ovlanadigan baliq turlarida jinsiy voyaga etishning me’yorda kechishi, ammo, baliq ovlash tartibi baliq populyasiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan;

dastlabki jinsiy voyaga etgunga qadar baliqlar guruhi avlodlarida o‘sish va jinsiy voyaga etishning turli-tumanligini namoyon bo‘lishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda ovlanadigan baliq turlarining reproduktiv biologiyasi xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

suv havzalarida baliqlarni ona to‘dasini shakllantirish asosida kichik suv havzalarida baliqlarni erta etilishi ta’minlash va yuqori mahsuldor to‘dalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar «Baliqtayorlovbiznes» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 7 maydagi 02/026-13-son ma’lumotnomasi). Natijada karp balig‘ini avlod berishini 65%ga oshirish va urg‘ochi karp balig‘idan o‘rtacha 725 mingta ikra olish imkonini bergan;

respublikaning tekislik suv havzalarida yaylov akvakul`turasi texnologiyasini joriy qilishning biologik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Akva-To‘dako‘l» qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 17 apreldagi 07/563-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzasidan baliq ovlashni yiliga 180–200 tonnadan 1000–1650 tonnaga oshirish imkonini bergan;

baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlaridan sun’iy nasl olish jarayonida qo‘llaniladigan gipofizli in’eksiya miqdorining me’yorlari «Fish Leader» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 17 apreldagi 07/563-son ma’lumotnomasi). Natijada afrika laqqa balig‘idan birinchi yili 200 mingdan ortiq baliq ikralarini olish imkonini bergan;

yaylov akvakul`turasini rejimini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar «Qashqadaryobaliqsanoat» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 17 apreldagi 07/563-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzalarida baliq mahsuldorligini 1–5 kg/ga dan 25–40 kg/ga oshirish imkonini bergan;

respublika uchun akvakul`turaning yangi tropik ob’ekti-afrika laqqasini ko‘paytirishning biologik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Fish Leader» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining 2018 yil 17 apreldagi 07/563-son ma’lumotnomasi). Natijada iliq suvlarda bir sikl davomida 150–350 ming afrika laqqasi chavoqlarini etishtirish va xo‘jaliklar rentabellikni yillik 20–30%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish