Sayt test rejimida ishlamoqda

    SULTANOV Taxirjon Zakirovich: «Inshootning fazoviy va chiziqsiz deformatsiyalanishini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullari» (05.23.07 va 01.02.03) – Toshkent davlat texnika universiteti (100095, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy. Tel.: (99871) 246-46-00; fax: (99871) 227-10-32; e-mail: tadqiqitchi@tdtu.uz), (dissertatsiya rus tilida). 

 

    Ilmiy maslaxatchi: M.M.Mirsaidov

    Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti.

    Rasmiy opponentlar: O.Ya.Glovatskiy, Z.S.Sirojiddinov, K.S.Sultanov

    Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik pedagogika instituti

    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash nazariyasi va usullarini ishlab chiqishdan iborat.    

    II. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:

    gruntning reologik xususiyatlarini ifodalash uchun qovushqoq- elastiklik nazariyasidan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi asoslanib, gruntning qovushqoq elastiklik parametrlari aniqlangan;

    statik va dinamik kuchlar ta’sirida qiyaliklarning ma’lum joylaridagi  to‘liq ustuvorliklarini, shuningdek gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligini baholash mezonlari majmuasi ishlab chiqilgan;

    gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya va dinamik  holatlarini baholash va bashorat qilish uchun tekis, fazoviy-kesishgan va fazoviy matematik modellar ishlab chiqilgan;

    fazoviy, konstruksiya va uning materialining chiziqsiz xarakterdagi deformatsiyasini hisobga olgan holda turli kuchlar ta’siridagi gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini baholash uchun hisoblash usuli,  algoritmi va EHMda hisoblash dasturlari ishlab chiqilgan;

    ilk marotaba Il`yushin-Ogibalovning chiziqsiz kubik nazariyasidan foydalangan holda gruntning qovushqoq elastiklik xususiyatlarini hisobga olib, gruntli to‘g‘onlarning mustahkamlik ishonchliligi nuqtai-nazaridan kuchlanganlik deformatsiya va dinamik holatlari baholangan.

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Ishning natijalari turli gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari va dinamikasini baholash uchun ishlab chiqilgan modellar, usullar, algoritmlar va EHM dasturlari, mustahkamlik ishonchliligini bashorat qilish va baholash mezonlari hamda inshootlarning mustahkamligini oshirish bo‘yicha berilgan tavsiyalar dissertatsiya tadqiqotining natijalari sifatida O‘zR Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi gidrotexnika inshootlarini loyihalovchi loyiha institutlariga tatbiq qilingan (O‘zR Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining dissertatsiya natijalarini tatbiq etish ma’lumotnomasi, 24.09.2014 y). Tadqiqot natijalari bo‘yicha gruntli to‘g‘onlarning talab etilgan mustahkamligi va ishonchliligini ta’minlashga erishish texnogen ta’sirlar va tabiy ofatlar ta’sirida inshootning avariya holatlarini oldini olib, talofatlarni kamaytiradi.

    Shuningdek, gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik deformatsiya holatlari va dinamikasini hisoblash usullari, inshootlarning turli ta’sirlar natijasidagi holatlari va mustahkamlik ishonchliligini oshirish bo‘yicha taklif etilgan bir qator ilmiy natijalar “Mirsaidov M.M., Sultanov T.Z. Inshootlar  zilzilabardoshligi –Toshkent: MUMTOZ SO’Z, 2013. - 244 b.” o‘quv qo‘llanmaga va “Mirsaidov M.M., Sultanov T.Z. Inshootlar zilzilabardoshligi –Toshkent: Fan, 2012.- 240 b.” monografiyaga kiritilgan bo‘lib, 5450100-Irrigatsiya tizimlari suv energiyasidan foydalanish, 5340700-Gidrotexnika qurilishi ta’lim yo‘nalishlari, 340000-Arxitektura va qurilish bilim sohasi bo‘yicha bakalavriatning o‘quv jarayonida foydalanilgan (dalolatnomalar, 27.11.2008 y., 6.05.2011 y.)

Yangiliklarga obuna bo‘lish