Turabaev Akmal Normuminovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida biologik resurslarni asrash, samarali foydalanish va boshqarishni tashkil etishning ekologik asoslari»,11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/B22.
Ilmiy maslahatchi: Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixolikovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor; Urazbaev Ismatulla Ummatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida biologik (genetik, pedosfera) resurslarning bugungi holati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi ekologik omillarni baholash, ularning xilma-xilligini asrash, samarali foydalanish va boshqarishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo viloyati misolida biologik resurslarning tabiiy holatiga ekologik omillar ta’siri aniqlangan hamda toksik va notoksik chiqindilar alohida hisobga olinmaganligi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati hududlarida salbiy hamda xavfli jarayonlar paydo bo‘lishining tabiiy omillari hamda texnogen aralashuvlar darajasi o‘rtasidagi nisbat asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida er usti va er osti suvlari (Dehqonobod, Kitob, Mirishkor, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz sh.), hamda atmosfera havosi (Qarshi shahri va Muborak tumani) ifloslanishining yuqori darajasi, sug‘oriladigan erlarning tez sur’atlarda sho‘rlanishi (Qarshi va Koson tumanlari) hamda iste’mol suvi sifatining standart talablaridan pastligi (Kasbi tumani) aniqlangan;
Qashqadaryo viloyati ekohududlarini rayonlashtirish va yangi ekotizimlarni belgilash nuqtai nazaridan to‘rtta mintaqaga ajratilgan, bioxilma-xillik resurslaridan foydalanish monitoringini samarali tizimi asoslangan;
turli xil iqlim sharoitlarida joylashgan Chotqol, Nurota va Qashqadaryo viloyatining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida pedosfera xilma-xilligining shakllanishiga o‘simliklar qoplamining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida biologik resurslarni asrash, samarali foydalanish va boshqarishni tashkil etishning ekologik asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tuproq qatlami unumdorligini oshirish, uning biologik xilma-xilligini muhofaza qilish» bo‘yicha tavsiyanoma Qishloq xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 iyundagi 02/020-165-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiya fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini oshirish va biologik xilma-xillikni saqlash imkonini bergan;
«O‘zbekistonda biologik (genetik) resurslar kolleksiyasini o‘rganish, saqlash va samarali foydalanish to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 noyabrdagi 01/12-02-8-1744/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yo‘riqnoma genetik resurslar kolleksiyalarini saqlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyati misolida hududiy ekologik nazoratning asosiy yo‘nalishlari va biologik resurslardan foydalanishni optimallashtirish bo‘yicha maqsadli dastur Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 noyabrdagi 01/12-02-8-1744/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur viloyatda hududiy ekologik nazoratning asosiy yunalishlarini belgilash, pedosferaning xilma-xilligi va undan qishloq ho‘jaligida samarali foydalanish va mahsuldorligini oshirish imkoniyatini bergan;
Qashqadaryo viloyati sharoitida biologik resurslarni monitoring qilish va bioxilma-xillik resurslaridan foydalanishning samarali tizimi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 noyabr` 01/12-02-8-1744/1-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda biologik resurslarni monitoring qilish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaldagi tizimni takomillashtirish imkonini bergan.