Shofiev Obidjon Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin A’zam nasri badiiyati (kinoya va obraz)”, 10.00.02–O‘zbek  adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil264.

Ilmiy rahbar: Amanturdiev Anvar Djabborovich, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.

Rasmiy opponentlar: Hasanov Shavkat  Ahadovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Kuchkarova Marxabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Erkin A’zam nasri poetikasini tadqiq etish asosida kinoya, qiyosiy-tipologiya, adabiy ta’sir, obrazlar tabiati masalalarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

istiqlol zaruratining his etilishi 70-yillar adabiy avlodining g‘oyaviy-estetik mavqeini hamda ushbu davr adabiyotining bosh tamoyillarini belgilaganligi asoslangan;

obraz yaratish borasida adib nasriy asarlarining jahon adabiyoti namunalari bilan qiyosiy-tipologik o‘xshashliklari aniqlangan;

yozuvchining obraz yaratish mahorati shakllanishida jahon adabiyotidan ijodiy ta’sirlanganligi isbotlangan;

badiiy obraz yaratishda paradoksning kinoyaviy badiiy shartlilikni ifoda etish va personaj ijtimoiy mohiyatidagi soxtalikni fosh etish funksiyalari ochib berilgan;

yozuvchi ijodidagi obrazlar ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra tasniflanib, ular o‘z davriga sig‘magan  va kechikayotgan odamlar obrazlaridan iborat ekanligi aniqlangan;

bola obrazi va bolalik motivlarining tadrijiy ko‘rinishlari adib ijodining g‘oyaviy-estetik mohiyatini ifoda etishga xizmat qilganligi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Erkin A’zam nasri badiiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:

kinoya va uning badiiy vositalari parodiya, grotesk, paradoksning qo‘llanilishi, obraz va uning tabiatini o‘rganish, shuningdek, yozuvchining xalqona so‘z, ibora, maqol, matal kabi fol`klor namunalaridan foydalanishidagi ilmiy natijalardan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 89-03-2858-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi natijasida xalqona so‘z, ibora, matal, kinoya, piching, kesatiq, obrazga oid tahlil va izohlanishlarda xizmat qilgan;

Erkin A’zam nasri badiiyatida kinoya, obrazlarni talqin qilishning zamonaviy usuli sifatida tadbiq etilgan biografik metodning  qo‘llanilishidagi ilmiy xulosalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” fundamental ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 avgustdagi 89-03-2858-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada Sharq va G‘arb filologik an’analari tarixini asoslash, bunda biografik metodning o‘ziga xos o‘rin tutganligini qayd etish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkoni tug‘ilgan.

Erkin A’zam hayoti va ijodiy faoliyatini, adib ijodiga xos badiiyat qirralarini, jumladan, nasridagi obraz va kinoyaviylik, uning badiiy mahorati masalalari Surxondaryo teleradiokompaniyasining “Bir asar sharhi” ko‘rsatuvi va “Yangi asr” radiosining “Adabiyot gulshani” eshittirishida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2018 yil 7 avgustdagi 01-01/913-sonli ma’lumotnomasi). Dasturlarda tahlillarning qiziqarli va jonli bo‘lishi, hozirgi adabiy jarayon masalalarini  televidenie va radio orqali ochib berishda asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish