Jamolova Dilnoza Muyidinovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligida jadidlar va qadimchilar faoliyati (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/Tar174.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor; Hasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asr boshlaridaBuxoro amirligidagi jadidlar va qadimchilar faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Nasr Kursaviy, Shahobiddin Marjoniy va Ahmad Donishning islom dini, madrasa ta’limi, davlat boshqaruvi tartibini tubdan isloh qilish borasidagi fikrlarining jadidchilik harakati shakllanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ochib berilgan;
Buxoro amiri Abdulahadxon tomonidan mamlakatda pochta, telegraf, banklar, dorixonalar, shifoxonalar va nogironlar uyi tashkil etilganligi, shuningdek, Amir Olimxon tomonidan chiqarilgan “Juda isrofli to‘ylarni tugatish haqida” va “Ta’lim tizimini isloh qilish to‘g‘risida”gi farmonlarning oddiy xalq manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilganligi isbotlangan;
Buxoro jadidlari asos solgan “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) va “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati” (“Buxoro umumiy maorif jamiyati”) kabi xayriya tashkilotlarining ko‘magi bilan xorijda tahsil olib qaytgan yoshlarning mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatib berilgan;
Buxoroda jadidlar tomonidan ochilgan maktablarda yangi o‘quv dasturlarining joriy qilinishi, zamonaviy darsliklardan foydalanish va dunyoviy fanlar o‘qitilishi bolaning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro amirligida jadidlar va qadimchilar faoliyatiyuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Yosh buxoroliklar harakati masalasiga doir ma’lumotlardan ikki jildlik “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar). 2-jild.” nomli innovatsion tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2810-son ma’lumotnoma). Ushbu ilmiy natijalar va xulosalarning qo‘llanishi O‘zbekistonning sovet davri tarixidagi ayrim muhim nazariy muammolarning echimi sifatida xizmat qilgan;
Buxoro amiri Abdulahadxonning faoliyatiga oid materiallardan “VII–XIX asr birinchi yarmi o‘zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar faoliyati tarixidan” mavzuidagi amaliy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2810-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Amir Abdulahadxonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohada amalga oshirgan islohotlarini o‘rganish va tahlil qilish imkonini bergan;
Buxoro devonbegisi (moliya vaziri), ulamo Mirzo Salimbekning davlat boshqaruvi tartiblarini isloh qilishga oid qarashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston elchilik xizmati tarixidan lavhalar” nomli amaliy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 oktyabrdagi 3/1255-2810-son ma’lumotnoma). Natijalarning joriy qilinishi ulamolarning davlat va jamiyatni taraqqiy ettirish borasidagi qarashlarini Mirzo Salimbek misolida o‘rganish imkonini bergan.