Xaydarov Baxtiyorjon Abduxamidovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv tanqisligi sharoitida minerallashgan suvlar bilan g‘o‘zani sug‘orish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx87.

Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Isashev Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xasanov Maqsud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘onaviloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning S-6524, “Andijon-35” hamda “Andijon-36” navlarini minerallashgan suvlar bilan har bir egatdan va egat oralatib sug‘orish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan, sho‘rlanishga moyil, o‘tloqi soz, engil qumoq tuproqlari sharoitida S-6524, Andijon-35 va Andijon-36 g‘o‘za navlarini minerallashgan suvlar bilan har egatdan va egat oralatib sug‘orish texnologiyasi takomillashtirilgan;

S-6524, Andijon-35 va Andijon-36 g‘o‘za navlarining har egatdan va egat oralatib sug‘orish texnologiyalarining tuproqni agrofizikaviy, suv-fizik va agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

suv tejovchi har egatdan va egat oralatib sug‘orish texnologiyasini g‘o‘za navlarining sug‘orish muddatlari, me’yorlari hamda suv iste’moliga ta’siri aniqlangan;

suv tejovchi har egatdan va egat oralatib sug‘orish texnologiyasining S-6524, Andijon-35 va Andijon-36 g‘o‘za navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za navlarini egatlab, egat oralatib sug‘orish usulining takomillashgan suv tejamkor texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Suv tanqisligini yumshatishda kollektor va zovur suvlari bilan g‘o‘zani sug‘orish” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/023-244-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Farg‘ona viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zani minerallashgan suvlar bilan sug‘orishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning S-6524, Andijon-35 va Andijon-36 navlarini ma’danli o‘g‘itlar bilan gektariga N-200, P2O-140, K2O-100 kg me’yorda oziqlantirish va minerallashganlik darajasi 3 g/l gacha bo‘lgan suvlar bilan tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70–70–60% tartibda egat oralatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi gektaridan yuqori  vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/023-244-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘zaning o‘suv davrida 1-1-1 tizimda 3 marta sug‘orilgan, mavsumiy sug‘orish me’yori gektariga 2900 m3 va paxta hosildorligi 28,0–31,3 sentnerni tashkil etgan;

Farg‘ona viloyati o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning S-6524, Andijon-35, va Andijon-36 navlarini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70–70–60% tartibda sug‘orish va gektariga N-200, P-140, K-100 kg me’yorda ma’dan o‘g‘itlar oziqlantirish texnologiyasi Dang‘ara tumanidagi “Haydarov Sattorali”, “Sirdaryo mo‘jizasi”, “Oqjar dang‘ara ziynati”, “Begmatov Narimon” va “Zamindor iqboli” fermer xo‘jaliklarida 122,9 gektar paxta maydonlarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 sentyabrdagi 02/023-244-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘orish suvlari 10 foizgacha tejalgan, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi oshgan,  rentabellik darajasi 15–20 foizni tashkil etgan va gektaridan 3,0 sentnergacha qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish