ABDULLAEVA Lagiya Mirzatullaevna: «Tuzilmalar xarakterini prognozlash va tuxumdonlar  xavfsiz epitelial o‘smalarida asoratlari oldini olish» (14.00.01) - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.Toshkent sh. Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 223.  Tel./Faks:  (+99871) 262-33-14, e-mail: tashpmi@gmail.com  (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslahatchi: G.S. Babadjanova

    Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi

    Rasmiy opponentlar:Najmutdinova D.K., Negmatdjanov B.B., Ataxanova N.E.

    Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi «Akademik V.I.Kulakov nomli akusherlik, ginekologiya va perinatologiya Ilmiy markazi» Federal Davlat byudjet muassasasi, Moskva

    Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon xavfsiz epitelial o‘smalarining rivojlanishida immun tizimi buzilishlarining roli va xarakterini aniqlash va ularning natijalari asosida o‘sma xususiyatini operatsiyagacha prognozlash, hamda  patogenetik asoslangan reabilitatsion davolash usullarini  ishlab chiqish va asoratlarining oldini olish. 

    II. Dissertatsiya tadqiqoti natijalarining ilmiy yangiligi:

ilk bor tuxumdonning xavfsiz tuzilmalari bo‘lgan bemorlarda operatsiyagacha bo‘lgan davrda tuxumdon tuzilmasi xarakterini yuqori darajada prognoz qilish  ehtimolini ta’minlovchi kompleks dastur ishlab chiqilgan;

tadqiqot natijalari TXEO‘ rivojlanishida immun tizimining rolini aniqlash, immunologik  ko‘rsatkichlar (sitokinlar), molekulyar-biologik omillar (VEGF), apoptoz (R53 va Bcl-2) omillari xarakterini o‘rganish imkonini bergan;

tuxumdon xavfsiz o‘smalarining barcha turlarida IL-6 va TNF-α ko‘rsatkichlarining nazorat guruhiga nisbatan  ishonchli yuqoriligi, lekin xavfli o‘sma bo‘lgan bemorlarga nisbatan xuddi shu ko‘rsatkichlarning ancha pastligi qayd etilgan. Qon zardobi va tuxumdonning o‘sma to‘qimasida VEGFR-1 va VEGFR-2 neoangiogenez hamda R53 va Bcl-2 apoptoz omillari nisbatining oshishi orasida aniq korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan. Tuxumdon tuzilmasi kapsulasida qon xarakatlanishini o‘rganish uchun zamonaviy ul`tratovushli dopplerometrik tekshiruv usulini qo‘llash tuzilma xarakterini prognozlash imkonini bergan;

sezgirlik, xususiylik, indekslar asimmetriyasi koeffisientining yuqori ko‘rsatkichlari, xavfni baxolash (XB), imkoniyatlarni baholash (IB) tuzilma xarakterini hamda TXEO‘ va TO‘T residivi ehtimolini bashorat qilish uchun markerlar sifatida  qon va tuxumdon o‘smasida VEGFR-1 va VEGFR-2,  r53 va bcl-2 hamda ularning  nisbati R53 /bcl-2ni aniqlashni tavsiya etish imkonini bergan;

operatsiya o‘tkazilgan tuxumdonda o‘sma residivlarining oldini olish uchun operatsiya o‘tkazgan bemorlarni olib borishning reabilitatsion dasturi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan.

   III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samarasi: «Tuxumdonning xavfsiz tuzilmasi bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda bepushtlikni tashhislash, oldini olish va davolash», «Tuxumdonlarning xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarni operatsiyagacha tayyorlash va reabilitatsion davolash» uslubiy tavsiyanomalari ishlab chiqildi va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saqlash vazirligining 29.09.2014 yildagi 17-sonli hulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish