Djo‘raev Muqimjon Yaqubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Irrigatsiya eroziyasiga chalingan erlarda kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlar etishtirishning agrotexnologiyalarini takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx256.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Ibroxim Nabievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Namozov Fazliddin Bahromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekinlarning sug‘orish usullari va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini belgilash hamda tuproqning unumdor qatlamidagi zarrachalarining yuvilishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor irrigatsiya eroziyasiga chalingan tuproqlarda kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy (soya, mosh va raps) ekinlarni ekish, ularni sug‘orish usullari va oziqa tartibining tuproq unumdorligi hamda ekinlarni o‘sib rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
irrigatsiya eroziyasiga chalingan tuproqlarda takroriy ekinlarni sug‘orishning an’anaviy usuliga nisbatan resurstejamkor sug‘orish usuli, ya’ni sug‘orishning zig-zag usuli orqali suvdan hamda mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi ortishi natijasida eroziya jarayoniga ta’siri aniqlangan;
irrigatsiya eroziyasiga chalingan tuproqlarda takroriy ekinlarni zig-zag usulida sug‘orish orqali tuproq unumdorligining saqlanishi hamda suv sarfining kamayishi aniqlangan;
sug‘orish usullari va oziqlantirish me’yorlarining takroriy ekinlarni o‘sish va rivojlanishiga hamda hosildorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida irrigatsiya eroziyasiga qarshi sug‘orish usullari hamda oziqlantirish me’yorlarini qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun «Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlar unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish» bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 02/021–237-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyatining irrigatsiya eroziyasiga chalingan erlarida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekinlarni parvarishlash hamda sug‘orish usullarining zig-zag usulida foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekinlar etishtirishning agrotadbirlari Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi “Marhamatlik otaxon”, “Mingtepa barakasi”, “Yurt chiroyi”, “Abdulaev birodor erlari” fermer xo‘jaliklarida jami 70,8 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 02/021–237-son ma’lumotnomasi). Irrigatsiya eroziyasi himoya qilinishi natijasida hosildorligi 3-5 sentnerga ortgan;
irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekinlar etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan agrotexnik tadbirlar Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Mirfozil Qoroboev”, “Anvarjon er sahovati”, “Sultonobod baxt diyori”, “Qaqir erlari”, “Isaqova Odinaxon fayzi” fermer xo‘jaliklarida jami 113,6 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 6 sentyabrdagi 02/021–237-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda sug‘orish suvidan samarali foydalanish uchun zig-zag usulda sug‘orilganda oddiy usulga nisbatan suvdan foydalanish 12–15 foizga ortgan, tuproqning yuvilishi 24–26 foizga kamayganligi hamda gektaridan 4–5 sentnergacha qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.