Yuldasheva Muattarxon Pulatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoy al`goflorasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/V189.

Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov  G‘ulomjon Xamidovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoy al`goflorasi turlar tarkibini aniqlash va suvining ekologiya-sanitariya holatini baholashda indikator-saprob turlarning ahamiyatini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoydan al`gofloraning 308 tur va tur xillari aniqlangan (7 bo‘lim, 15 ta sinf, 20 tartib, 36 oila, 77 turkum) va ro‘yxati tuzilgan;

ilk bor O‘zbekiston suv havzalari al`goflorasi uchun ilgari noma’lum bo‘lgan 36 tur (Cyanophyta 1 tur, Rhodophyta 2 tur, Chrysophyta 2 tur, Bacillariophyta 21 tur, Pyrrophyta 2 tur, Euglenophyta 2 tur, Chlorophyta 7 tur) aniqlangan;

al`goflora tarkibining yil mavsumlari davomidagi o‘zgarishlari aniqlangan va turlar sonining mavsumiy farqlari ochib berilgan.

al`goflora tarkibining daryo oqimlari bo‘ylab (yuqori, o‘rta, quyi oqimlar) o‘zgarishi aniqlangan va ularning ekologik omillar ta’sirida shakllanishi tavsiflangan;

daryo al`goflorasidan aniqlangan saprob turlarning suvning sifatini baholashda muhim indikator ekanligi asoslangan;

ilk bor Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoydan al`goflorasining zamonaviy holatini aks ettiruvchi elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi al`goflorasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

al`goflora tarkibidan aniqlangan 77 tur indikator-saprob suvo‘tlar ro‘yxati, suvning ifloslanishini belgilovchi sifat va miqdoriy xususiyatlari  Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 dekabrdagi 03-03/2-4614-son ma’lumotnomasi). Natijada  Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosi suvining mavsumiy va oqim bo‘ylab organik ifloslanish darajalarini aniqlash imkonini bergan;

Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoydan aniqlangan 308 turdan iborat suvo‘tlar ro‘yxati va indikator-saproblik bo‘yicha suvning ifloslanish darajalari ko‘rsatkichlari FA-F5-T-230 raqamli «Suv va quruqlik ekosistemalarida parazitar tizimi tarkibiy qismlarining shakllanishi va harakatlanish qonuniyatlari» fundamental loyihasida suv havzalaridagi parazit organizmlarni hamda ularni daryo gidrobiontlari qatorida tarqalishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 22 maydagi 4/1255-1326-son ma’lumotnomasi). Natijada turli suv havzalarida gidrobiontlari bilan bir qatorda uchraydigan parazit organizmlarning ro‘yxatini tuzish, ularning ekologik xususiyatlari va suv havzalarining organik moddalar bilan ifloslanish darajasini baholash imkonini bergan;

Shoximardonsoy-Marg‘ilonsoy daryosidan yig‘ilgan al`gologik namunalar hamda ularning doimiy preparatlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 4/1255-2580-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyaning  «O‘zbekiston daryolari suvo‘tlar florasi» fondini boyitgan va suvo‘tlar florasini inventarizatsiyalash, suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishda muhim bo‘lgan turlarning toza kul`turalarini ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish