Mamajanov Muxtorjon Murodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mitoxondriyalarni flavosan, 3,5,7,2\',6\'-pentagidroksiflavanon va 6\'\'-n-kumaroilpruninlarning ta’siriga reaksiyasi va flavosanni antitoksik samarasi», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B106.
Ilmiy rahbar: Almatov Karim Tajibaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Shokir Qodirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: in vitro va in vivo tajriba sharoitlarida flavosan, 3,5,7,2\',6\'-pentagidroksiflavanon (PGF) va 6\'\'-n-kumaroilpruninlarni (KP) mitoxondriyalarning funksional faolliklariga ta’sirini baholash hamda flavosanni antitoksik samarasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
in vitro sharoitida inkubatsiya vaqtiga va muhit haroratiga bog‘liq ravishda flavosanni jigar mitoxondriyasi nafas koeffisienti va oksidaza fermentlari faolliklarining pasaytirishi, ammo ADF/O ga ta’sir qilmasligi aniqlangan;
KP flavonoidi ta’sirida jigar mitoxondriyasidagi oksidlanishli fosforlanish (OF) samaradorligini, ATF sintezi, oksidaza va degidrogenaza fermentlarining faollashishi aniqlangan;
flavosan in vivo sharoitida jigar mitoxondriyalarining kislorod iste’moli, Sa2+ transporti, lipidlarni perekisli oksidlanish (LPO) jarayonlarini kamaytirishi va OF samaradorligini oshirishi isbotlangan;
ilk bor O‘rta Osiyo kobra iloni zahari ta’sirida organizmning buzilgan funksiyalarini-hayvonlarning yashovchanligi, kislorod iste’moli, jigar mitoxondriyalarining metabolizmi, OF samaradorligi, Sa2+ akkumulyasiyasi va lipidlarning perekisli oksidlanishini flavosan bilan korreksiyalash mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mitoxondriyalarni flavosan, 3,5,7,2\',6\'-pentagidroksiflavanon va 6\'\'-n-kumaroilpruninlarning ta’siriga reaksiyasi va flavosanni antitoksik samarasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
flavosanni mitoxondriyalarning funksional faolliklariga ijobiy ta’siri bo‘yicha olingan natijalar Surgut davlat universitetining «XMAO-Yugra hududidagi yovvoyi o‘simliklar polifenollarini ajratib olish, identifikatsiya qilishning innovatsion texnologiyalari va ularni geroprotektor hossalarini shimolning yoshga bog‘liq kasalliklarida tadqiq qilish» mavzusidagi loyihasida flavonoidlarni hujayra membranalari stabilligini ta’minlashdagi ahamiyatini aniqlashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2019 yil 28 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada polifenollarni yoshga bog‘liq kasalliklardagi geroprotektor ta’sirini asoslash va tabiiy polifenollarni yuqori biologik faolliklarini baholash imkonini bergan;
flavosanning mitoxondriyalar membranasiga stabillovchi, Ca2+-akkumulyasiyasiga ingibirlovchi ta’sirlari va lipidlarni perekisli oksidlanish jarayonini kamaytiruvchi hossalari bo‘yicha olingan natijalar I6-FA-T008 «Flateron substansiyasi ishlab chiqarilishini tashkil etish» loyihasida flavanoidlarni organizm faoliyatiga ta’sir etish mexanizmlarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 30 apreldagi 4/1255-1099-son ma’lumotnomasi). Natijada flavosanning hujayralar funksiyasiga gipolipidemik va antisklerotik ta’sir faolligini baholash imkonini bergan;
flavosanni hujayra mitoxondriyalarining nafas olishi va energetik metabolizmiga ta’sir faolliklari bo‘yicha olingan natijalar I6-FA-T008 «Flateron substansiyasi ishlab chiqarilishini tashkil etish» loyihasida flavonoid va uning unumlaridan iborat o‘simlik substansiyalarini hujayraning gipoksiya sharoitidagi faolligini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 18 yanvardagi 4/1255-114-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlik flavanoidlarini gipoksiya sharoitida hujayra tuzilmalarini erkin radikalli oksidlanishidan himoya qilish hamda organizm darajasida kislorodni tejamkor sarflanishini ta’minlashini asoslash imkonini bergan.