Ismailov Vaxitxan Alixanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seysmik riskni turli darajada baholashning injener-seysmologik asoslari», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/GM35.
Ilmiy maslahatchi: Xusomiddinov Sabriddin Samarovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xodjimetov Alinazar Irismetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Geologiya va geofizika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: seysmik ta’sir jadalligini regional va lokal o‘zgarish qonuniyalariga va turli bino-inshoot va hududlarning zaiflik darajasini baholashga asoslangan holda seysmik riskni turli hududiy darajada (ma’muriy regionda, shahar hududida va qurilish maydonida) baholashning ilmiy injener-ceysmologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ssenariya zilzilaning parametrlarini (koordinatasi, magnitudasi, o‘chog‘ning chuqurligi va gipotsentral masofasi) deterministik nuqtai nazarda tanlash usuli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston hududida keng tarqalgan gruntlar turlarini seysmik jadallik parametrlarining o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan va gruntalarning seysmik xususiyatlari bo‘yicha tasnifi takomillashtirilgan;
lyoss gruntlarda seysmodeformatsiyalarni rivojlanish tezligini seysmik ta’sir parametrlariga bog‘liqligining empirik tenglamasi ishlab chiqilgan;
seysmik jadallikning grunt sharoitiga va seysmik tebranishni masofa bo‘yicha so‘nishga bog‘liq makonda o‘zgarishi aniqlangan;
ilk bor qurilish maydonining seysmiklik darajasi bino-inshoot poydevor asoslari bo‘lgan gruntlarni mustahkamlash usullariga bog‘liq holda o‘zgarishi eksperimental aniqlangan;
binolarning turli konstruktiv tiplari uchun bino va inshootlarni shikastlanish darajasi va seysmik ta’sir kuchini (MSK-64 shkalasi bo‘yicha ballda va seysmik tezlanishlarda) bog‘lovchi zaiflik funksiyalari hisoblangan;
ilk bor turli hududiy darajalarda - regional, shahar va muayyan hududlarda ssenariya zilzilalari oqibatidagi bevosita talafotlarni baholash uchun injener-seysmologik asoslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Seysmik riskni turli hududiy darajada (regional hududda, lokal maydonda va muayyan ob’ektda) baholash uchun olingan ilmiy injener-seysmologik natijalar asosida:
ssenariya zilzilasining parametrlarini tanlash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 2/4/24-3000-son ma’lumotnomasi). Natijada xavfsizlikni ta’minlashning strategik yo‘nalishlarini tashkil qilish uchun hududlarda ehtimoli yuqori zilzila o‘choqlarini aniqlash imkonini bergan;
zilzila ssenariyasi bo‘yicha seysmik jadallikni prognoz qilish metodikasi va Jizzax viloyat hududida seysmik jadallikni prognoz qilish sxematik xaritasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 2/4/24-3000-son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariya zilzilasiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
turli konstruksiyali binolarning seysmik zaifligini aniqlash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalarida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 2/4/24-3000-son ma’lumotnomasi). Natijada bino va inshootlarning seysmik zaiflik pasportini tuzishning takomillashtirilgan metodologik bazasini yaratish imkonini bergan;
seysmik riskni turli hududiy darajada (regionda, shahar hududida va qurilish maydonida) baholashning injener-seysmologik asoslari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 2/4/24-3000-son ma’lumotnomasi). Natijada ssenariya zilzilasi sodir bo‘lganda qutqaruv ishlarini rejalashtirish imkonini bergan.