Mavlyanov Sarvar Iskandarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farmakoterapiya psixologiyasi muammolari va ularning echimi (tibbiy-sanitariya xizmatining birlamchi bo‘g‘ini misolida)», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib196.

Ilmiy rahbar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fozilov Abduqahhor Vohidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkazilayotgan davo jarayoniga tarafdorlik - komplaentlik darajasini bemor yoshi va jinsi, kasallik turiga bog‘liqligi, hamda unga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

farmakoterapiyaga tarafdorlik-komplaentlik darajasi ichki kasalliklarda bemor yoshi va jinsiga, kasallik turiga bog‘liqligi aniqlanib, uning past darajada ekanligi davo jarayoni samaradorligiga ta’sir etishi ochib berilgan;

ichki kasalliklar farmakoterapiyasiga tarafdorlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar ichida bemor bilan bog‘liq, vrach bilan bog‘liq va dori vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ustuvor o‘rin egallashi aniqlangan;

yurak-qon tomir, tayanch harakat va asab tizimi kasalliklarida farmakoterapiyaga tarafdorlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar ichida bemor bilan bog‘liq omillar, respirator tizim kasalliklarida - vrach bilan bog‘liq omillar va endokrin tizimi kasalliklarida dori bilan bog‘liq omillar ustuvor ekanligi aniqlangan;

turli ichki kasalliklarda farmakoterapiyaga tarafdorlik darjasiga ta’sir etuvchi omillar ilk bor boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga ajratilgan va boshqariluvchi omillarga ta’sir etish orqali davo jarayoniga tarafdorlik darajasini oshirish imkoniyati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Farmakoterapiya psixologiyasi muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bemorlarni o‘tkaziladigan farmakoterapiyaga tarafdorligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda «O‘tkazilayotgan terapiyaga tarafdorlikni o‘rganish va baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi 8n-r/218-son ma’lumotnomasi). Bemorlarning o‘tkazilayotgan davo jarayoniga tarafdorligi darajasiga ta’sir qiluvchi “boshqariladigan” omillarni aniqlash asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar bemorlarni shifokor tavsiyalariga tarafdorlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;

tarafdorlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar og‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shaxridagi 57-oilaviy poliklinikasi va “Nazarbek” qishloq vrachlik punkti klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 avgustdagi 8n-d/177-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha davo jarayoniga tarafdorligi yo‘q bemorlar ulushini uchdan ikki qismiga va qoniqarsiz tarafdorlik darajasiga ega bemorlar ulushini uchdan bir qismiga kamayish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish