Xujamatov Xalimjon Ergashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya tizimlari gibrid energiya ta’minot manbalarini adaptiv boshqaruv modellari va vositalari», 05.04.01–Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T919.

Ilmiy rahbar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.28.12.2017.T.07.02.

Rasmiy opponentlar: Abduqayumov Abdurashid, texnika fanlari doktori, professor; Isaev Rixsi Isaxodjaevich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minoti manbalari adaptiv boshqarish modellarini ishlab chiqish va boshqaruv algoritmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

adaptiv boshqaruv signallarini qabul qilish va shakllantirish datchigining strukturasi, modeli va tadqiqot algoritmi ishlab chiqilgan;

telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minot manbalarini adaptiv boshqaruv jarayonining imitatsion modeli ishlab chiqilgan;

iste’molchi yuklamasi tokiga bog‘liq holda gibrid energiya ta’minoti manbalarining adaptiv boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;

IoT texnologiyasi asosida telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minoti manbalarining adaptiv boshqaruvini masofaviy monitoring moduli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minoti manbalarini adaptiv boshqaruv modellari va vositalari bo‘yicha olingan natijalari asosida:

adaptiv boshqaruv signallarini qabul qilish va shakllantirish datchigining strukturasi, modeli va tadqiqot algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi DUKga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9328-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida telekommunikatsiya tizimlaridagi akkumulyator batareyalarining ishlash muddatini uzaytirish, manbalarni boshqaruvi qurilmasining ishonchlilik ko‘rsatkichini 2­–4 foizga oshirish imkoni yaratilgan;

telekommunikatsiya tizimlarining gibrid energiya ta’minot manbalari adaptiv boshqaruv jarayonining imitatsion modeli hamda iste’molchi yuklamasi tokiga bog‘liq holda gibrid energiya ta’minoti manbalarini adaptiv boshqarish algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan  «O‘zbektelekom» AK Toshkent filialining Yangibozor, Sirdaryo filialining Guliston tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamalariga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9328-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida telekommunikatsiya tizimlarini barqaror energiya bilan ta’minlash, energiya is’temoli miqdorini nazorat qilish va boshqaruvning aniqlik darajasi 0,5 foizdan oshmaslik hamda energiya sarfini 3–4 foizga tejash imkoniyati yaratilgan; IoT texnologiyasi asosida telekommunikatsiya tizimlari gibrid energiya ta’minoti manbalarining ishlab chiqilgan masofaviy monitoring moduli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «O‘zbektelekom» AK Toshkent filialining Yangibozor, Sirdaryo filialining Guliston tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamalariga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 12 dekabrdagi 33-8/9328-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida monitoring qilish tizim strukturasi, ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar formatini ishlab chiqish orqali energiya ko‘rsatkichlarini oldindan baholash, energiya samaradorligini 3–4 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish