Yuldasheva Gulnora Buranovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtotraktor agregatlari uchun ftor tarkibli metallopolimer kompozision materiallarni yaratish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga termik ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha) (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T72.

Ilmiy rahbar: Risqulov Alimjan Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Mixridinov Riskidin Mexridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yuk avtomobillari kardan vallarining shlisali birikmasi misolida avtotraktor agregatlari uchun ftor tarkibli metallopolimer kompozision materiallarni yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

metallopolimer tribotexnik sistemalarining ftorli, eyilish ingibitorlari molekulyar massa mezoni bo‘yicha tasniflangan;

molekulyar, molekulalararo, molekulalardan yuqori, nano va makrofazaviy pog‘onalarda, materialshunoslikka oid texnologik va tribotexnik omillar ta’sirida tashkil etish jarayonlarini boshqarishni nazarda tutuvchi polimer, oligomer va aralash matrisalar asosida olingan ftorli nanokompozit materiallar strukturasini boshqarishning metodik tamoyillari ishlab chiqilgan;

strukturasi turlicha bo‘lgan tribosistemalarning elementlari o‘zaro ishqalanishi natijasida ftorli oligomer va aralash matrisalar asosida ajraluvchi qatlamlarning shakllanish mexanizmlari ishlab chiqilgan;

avtomobillarning ishqalanuvchi qismlari, nozik texnologik jihozlar, qulflash armaturalari, buyumlar va yarim mahsulotlarni sovuqlayin deformatsiyalash usulida tayyorlash jarayonlari uchun molekulyar massasi turlicha bo‘lgan ftor komponentlar asosidagi nanokompozit tribotexnik materiallar va qoplamalar tarkiblari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ftor tarkibli metallopolimer kompozision materiallarni yaratish asosida:

texnologik va tribotexnik omillar ta’sirida tashkil etish jarayonlarini boshqarishni nazarda tutuvchi polimer, oligomer va aralash matrisalar asosida olingan ftorli nanokompozit materiallar strukturasini boshqarishning metodik tamoyillari «O‘zbekiston  Metallurgiya kombinati»da yuk avtomobillarining kardan vallari shlisali birikmalari ishqalanuvchi qismlarining qatlamlarini ta’mirlash texnologik jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 oktyabrdagi  01-125-son ma’lumotnomasi). Natijada ishqalanib ishlaydigan uzellarda friksion o‘zaro ta’sirlar mexanizm o‘zgarishi tufayli detallarning eyilishga bardoshliligini oshirish imkonini bergan;

ftor tarkibli oligomer, polimer va aralashmali matrisalar asosidagi ishlab chiqilgan nanokompozision va nanofazali materiallar O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufidagi  «Transyo‘lqurilish» davlat unitar korxonasida avtomobil` agregatlari detallarining ta’mirlash texnologik jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 oktyabrdagi  01-125-son ma’lumotnomasi). Natijada shlisali birikmaning eyilishga chidamliligini 1,5-2 marotaba oshirish imkonini bergan;

nanokompozision tribotexnik materiallar va ftor komponentli qoplamalar «Transyo‘lqurilish»  davlat unitar korxonasida yuk avtomobillarining kardan vallari shlisali birikmalari ishqalanuvchi qismlarining elementi sifatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 01-125-son ma’lumotnomasi). Natijada ishqalanuvchi detallarning ishlash muddatini oshirishga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish