Qodirov Nodir Abdusamikovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ma’danlarni flotatsion boyitishda qo‘llaniluvchi sirt-faol modda olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T971.

Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Beysenbaev Oral Kurganbekovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy va kimyo sanoati ikkilamchi mahsulolari asosida ma’danlarni flotatsion boyitish jarayonida qo‘llaniladigan ko‘piklanuvchi sirt-faol moddani (SFM) olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

NA-1 SFMni pasta va granula ko‘rinishida olishning maqbul texnologik sharoitlari, sintez qilingan flotoreagentni kimyoviy tarkibi identifikatsiya qilinib, uning sirt va hajmiy (suvli eritmalari) kolloid-kimyoviy xossalari, sirt tarangligi, adsorbsiyasi, ko‘piklanish karraligi va barqarorligi aniqlangan;

NA-1 SFM yarimkolloid bo‘lib, uning muhim konstantasining qiymati - misella hosil qilishning kritik konsentratsiyasi isbotlangan;

NA-1 SFMning suvli eritmalarini ko‘piklanuvchanligi, ko‘pikning barqarorlik faktori va turg‘unligi, ko‘pikni muqobil yashash vaqti 35–40 sekundga tengligi, polimetilsiloksan suyuqligini ko‘pikni parchalashdagi  samardorligi (sivush moyi, rezina granulasiga nisbatan) aniqlangan;

NA-1 SFMning ko‘piklanuvchanlik xossasi uning sirt faolliligiga hamda distillangan yog‘ kislotasi kub qoldig‘idagi yog‘ kislotasi uglevodorod zanjirining uzunligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi asoslangan;

NA-1 ko‘piruvchi flotoreagentning surkov xususiyatlari va uning tribologik xossalarini pasayishi eritmadagi vodorod ko‘rsatkichiga rN bog‘liqligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ma’danlarni flotatsion boyitishda qo‘llaniluvchi sirt-faol modda olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalar gidroliz qilinib, ko‘piruvchi olish texnologiyasi «O‘zpaxtayog‘» AJning «2019-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 28 noyabrdagi GP/3-2656-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishga yirik tonnajli kimyoviy chiqindilardan ma’danlarni boyitish uchun zarur bo‘lgan ko‘piruvchi, anion sirt-faol moddani olish imkonini beradi;

oltin tarkibli rudalarini boyitishidagi ko‘piklantiruvchi flotoreagent «O‘zpaxtayog‘» AJning «2019-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zpaxtayog‘» AJning 2018 yil 28 noyabrdagi GP/3-2656-son ma’lumotnomasi). Natijada ruxni 1,16%ga va oltinni ajratib olishni 2,77%ga ko‘tarish, sirt-faol moddalarni assortimentini kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish