Turaev Erkin Rustamovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliolefin, organik sirt faol moddalar, nano- va mirko dispersli mineral to‘ldiruvchilar asosida kompaundlar olish texnologiyasini yaratish», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSs/T165.

Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori; Maxsumov Abdulhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: poliolefin, organik sirt faol moddalar, nano- va mirko dispersli mineral to‘ldiruvchilar asosida kompaundlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sirt faol organomodifikatorlar bilan ishlov berilgan turli tabiatli nanoo‘lchamli mineral to‘ldiruvchilar, poliolefinlarga qo‘shilganda ularning kolloid-fizik va mexanik hossalarini yashilanishi isbotlangan;

sirt faol organomidifikatsiya qilingan turli mineral to‘ldiruvchilarni suyuq holda aralashtirish usuli bilan poliolefinlar asosida mikro- va nano kompozit materiallar olish texnologik usullari ishlab chiqilgan;

mahalliy montmorillonitni 10%li sirt faol organomodifikator (guanidin akrilat) bilan ishlov berilganda olingan nanokompozitlarning issiqlik bardoshligini polietilen bilan 140S ga, polipropilen bilan esa 130S ga ko‘tarilishi aniqlangan;

mahalliy polipropilen, shisha va bazal`t asosida yaratilgan tolali kompozit materiallarning issiqlikbardoshliligi 450Sdan 1480Sga ko‘tarilishi aniqlangan;

mahalliy xomashyolar asosida birinchi marta avtomobil` bamperlari texnik talablariga javob beradigan kompaund (PP/POE/tal`k) olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Poliolefin, organik sirt faol moddalar, nano- va mirko dispersli mineral to‘ldiruvchilar asosida kompaundlar texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

polimer kompaundlar olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 26733639-001:2018). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati, texnologik jarayonni nazorat qilish va ushbu kompaundlarni sotish imkonini bergan; 

polimer kompaundlar olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts23239864-001:2017). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;  

polimer kompaundlar olishning texnologik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts23425152-002:2015). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;  

mahalliy xomashyolar asosida poliolefin kompaundlar olish texnologiyasi «O‘zavtosanoat» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2018 yil 4 maydagi 09/03-25-1505-son ma’lumotnomasi). Natijada import qilinayotgan polimer kompaundlarni mahalliy xomashyolarga almashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish