Askarov Pulat Azadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t yo‘llari «yangi» jarohatlari xirurgiyasida omillar tahlili», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib511.
Ilmiy rahbar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich,tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi AJ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t yo‘llari jarohatlarida amaliyotlar natijalarini omilli tahlil qilish, davolash-diagnostika doktrinasining taktik jihatlarini takomillashtirish yo‘li bilan xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi shikastlanishlarda rekonstruktiv-tiklash amaliyotlaridan so‘ng uzoq muddatlarda torayishlar shakllanishining patogenetik xususiyatlari hamda ushbu asoratlar rivojlanish xavfiga ta’sir qiluvchi taktik-texnik jihatlar aniqlashtirilgan;
rekonstruktiv-tiklash amaliyotlaridan so‘ng takrorlanadigan xolangitni davolash va profilaktika qilish uchun jigar tashqi va ichki o‘t yo‘llarini drenajlab tozalash usuli takomillashtirilgan;
endogen zaharlanish sindromini korreksiya qilish maqsadida natriy gipoxloriti bilan bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyalash va qo‘shimcha ozonlash bilan birga plazmaferezning takomillashtirilgan usuli imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
endogen zaharlanish sindromining aniqlanish vaqti, klinik ko‘rinishlarning og‘irligi, jarohatning tabiati va darajasiga qarab o‘t yo‘llari yangi jarohatlarini davolashning optimal usulini tanlashning taktik-texnik xususiyatlari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t yo‘llari shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘t yo‘llari rekonstruktiv amaliyotlaridan keyin xolangit bilan kasallangan bemorlarni davolash usuli» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi). Yangi shikastlanishlar yuzasidan bajarilgan rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng o‘t yo‘llarini tozalash usulining tavsiya etilgan taktik va texnik jihatlar bilan birgalikda qo‘llanilishi, xolangit rivojlanish chastotasini 20,7% dan 8,6% gacha kamaytirish imkonini bergan;
«O‘t yo‘llarining «yangi» shikastlanishlarini jarrohlik usulida tiklashda chuqurlashtirilgan yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘t yo‘llari shikastlanishlarini jarrohlik usulida davolashni yaxshilash, rekonstruktiv amaliyotlardan keyingi asoratlarni kamaytirish va bemorlarni shifoxanada bo‘lish muddatini qisqartirish imkonini bergan;
o‘t yo‘llarining yatrogen shikastlanishlari bilan bemorlarni jarrohlik usulida davolashni takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy taibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasining jarrohlik bo‘limi amamliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 yanvardagi 8n-d/19-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘t yo‘llarining yatrogen jarohati bilan kasallangan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati sezilarli darajada kengaytirilgan, amaliyotdan keyingi erta va kech davrda asoratlarni 56,3% dan 23,6% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 10,7% dan 4,2% gacha kamaytirish imkonini bergan.