Erniyazova Sarbinaz Musaevnaning

falsafa doktori (PhDdissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘istan Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi o‘zaro munosabatlarining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu183.

Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xalimov Xakimbay Ashirovich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istan Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hokimiyat tarmoqlari faoliyatini konstitusiyaviy tartibga solishning bugungi kun sharoitida bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy qonun chiqaruvchi organining hukumat bilan o‘zaro ichki hamkorlikdagi va tashqi munosabatlari shakllari, xususan, ushbu hokimiyat tuzilmalari huquqiy maqomining aniq doirasi, ular vakolatlarini amalga oshirishning yanada soddalashtirilgan tartib-taomillarini yaratish zarurati asoslangan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Konstitusiyasiga, «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi reglamenti to‘g‘risida», «Parlament nazorati to‘g‘risida», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi qonunlarga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada aniq yo‘naltirilgan tarzda huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan hamda aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi misolida ularning o‘zaro muayyan vakolatlari taqsimoti nuqtai nazaridan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish asoslantirilgan;

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Vazirlar Kengashining raisiga ishonchsizlik bildirish, shuningdek Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hokimlar hisobotini eshitish taklifi, ijro hokimiyati organlarining muayyan mansabdor shaxslarini lavozimidan ozod etish tashabbusi bilan chiqish huquqini berish to‘g‘risidagi normalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonun hujjatlariga kiritish taklifi asoslab berilgan;

Jo‘qorg‘i Kenges Raisining huquqiy maqomini takomillashtirish maqsadida unga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini ko‘rib chiqishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Vazirlar Kengashi majlislariga raislik qilish huquqi, shuningdek «veto» bildirish huquqini berish hamda parlament nazorati shakllarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi va qonun hujjatlarida aks ettirish asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qoraqalpog‘istan Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi o‘zaro munosabatlarining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan Vazirlar Kengashining qonunchilik jarayonida o‘zaro ichki hamkorligini o‘rnatish, ularning vakolatlarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to‘g‘risida»gi Qonunning 5- va 6-moddalariga kiritilgan qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesning Qonuniylik, sud-huquq masalalari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2016 yil 6 sentyabrdagi 03-206-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi va ijro organi o‘rtasidagi munosabatlarning konstitusiyaviy-huquqiy asoslarini Jo‘qorg‘i Kenges bilan Vazirlar Kengashi o‘zaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini soddalashtirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga xizmat qilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish maqsadida parlament nazoratini shakllarini belgilash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonunchilik, sud-huquq masalalari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 30 avgustdagi 03-746-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ijro hokimiyati organlarining faoliyati ustidan Jo‘qorg‘i Kenges va uning organlari nazoratini ko‘chaytirishga xizmat qilgan.

Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hokimlar hisobotini eshitish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan 611-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qonunchilik, sud-huquq masalalari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2018 yil 30 avgustdagi 03-746-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ijro hokimiyati organlarining faoliyati ustidan Jo‘qorg‘i Kenges va uning organlari nazoratini ko‘chaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish