O‘rinbaeva Dilbar Bazarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq og‘zaki ijodi: janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiq muammolari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil10.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xodoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Ayimbetov Makset Kullievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlari – doston, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiqlar tilining fonetik, leksik va grammatik o‘ziga xosliklarini lingvostatistik va leksikografik nuqtai nazardan tahlil qilish hamda o‘zbek fol`klorining lug‘aviy-majmuiy boyligini o‘zida mujassam qiluvchi kompyuter-axborot uslubi uchun lingvistik ta’minot yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Alpomish», «Rustamxon» va «Ravshan» dostonlari, maqol, topishmoq, ertak, qo‘shiq janrlarining alfavitli, chastotali, ters va izohli lug‘atlari tuzilib, kompyuter yordamida tuzilgan lug‘atlarning o‘zbek lug‘atshunosligi tizimidagi o‘rni va afzalliklari asoslangan;
tanlangan matnlarda qo‘llangan barcha so‘z shakllarining qo‘llanilish miqdori aniqlangan va statistik-axborot talablariga ko‘ra modellashtirishning axborot etishuvchanligi, model ko‘pligi tamoyillari ochib berilgan;
fol`klor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisientlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi aniqlangan;
tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlil etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan;
doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlaridagi so‘z shakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan;
elektron lug‘at hamda dasturiy ta’minot uchun lingvistik ta’minot, ya’ni fonetik, leksik, grammatik bazani yaratish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlari matnining kompyuter-korpusi hamda o‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari tilining til-nutq tizimida tutgan o‘rni va ahamiyati xususidagi lingvostatistik natijalar asosida:
yordamchi so‘z – ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, alohida so‘z turkumlari – modal, undov, taqlid so‘zlarning o‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari tilida sintaktik derivatsiya jarayonida u yoki bu xarakterdagi derivatlar sifatida shakllanishiga oid misollardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 oktyabrdagi 89-03-3698-son ma’lumotnomasi). Natijada derivatlarning shakllanishiga doir masalalarni mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot xulosalaridagi abjo‘sh, bellik, biqtirma, dastgir, dim, izzilamoq, kayvon, kashal, maston, surgi kabi leksemalarning izohlaridan FA-F8-034 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 dekabrdagi 3/1255-3362-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanilishi lug‘atdagi leksikografik tahlillarni takomillashtirishga, so‘z ma’nolarini oydinlashtirishga xizmat qilgan;
tadqiqot yuzasidan nashr ettirilgan lug‘atlaridan Nosirxoja valadi Mansurxojaning «Layli va Majnun», «Kitobi Sanubar» dostonlarini va muzey katalogini nashrga tayyorlashda F1-FA-055746 raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 24 dekabrdagi 3/1255-3362-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalarning tatbig‘i orqali doston va kataloglarning natijaviyligi oshgan;
doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘z shakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati natijalar asosida «O‘zbek xalq dostonlarining chastotali izohli frazeologik lug‘ati» (ISBN 452-2008/2043), «O‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari tilining qiyosiy chastotali lug‘ati» (ISBN 978-9943-4584-7-5) kabi lug‘atlar yaratilgan. Ushbu lug‘atlarning qamrovi ostiga kiruvchi termin va leksemalarning miqdori hamda ularning izohlari ma’nodorligi oshgan;
so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisientlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi bo‘yicha natijalar Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Oydin oqshom», «Farzandim dilbandim» ko‘rsatuvlarini, Sirdaryo viloyat teleradiokanalining «Tema dnya» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 20 noyabrdagi 09-01/527-son; Sirdaryo viloyat teleradiokanalining 2018 yil 18 noyabrdagi 1723-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur eshittirish va ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.