Yuldashev Djaxongir Xayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimini takomillashtirishning nazariy-huquqiy jihatlari», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu235.
Ilmiy rahbar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Xojiev Erkin Tuygunovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimining nazariy-huquqiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
propiska faktini ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda shaxsning fuqarolikka mansubligini, shuningdek fuqarolikning yolg‘on ma’lumot va soxta hujjatlar taqdim etish asosida olinganligini baholashning sud tartibida amalga oshirilishiga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi ilmiy asoslantirilgan;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ular orqali mazkur huquqni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan qarindoshlari doirasiga aniqlik kiritish, uni qonun normalarida mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
pasport tizimini tartibga soluvchi idoraviy hujjatlarda shaxsning notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan boshqa shaxslar orqali propiskani rasmiylashtirish, shuningdek vakolatli organlar tomonidan hisobga olishning rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqini belgilash lozimligi isbotlangan;
zamonaviy yondashuv asosida pasport tizimining mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, vazifalari, institusional asoslari va mexanizmlari ilmiy asoslangan, amaldagi qonun hujjatlarida «aholini pasportlashtirish» va «haqiqiy bo‘lmagan pasport» tushunchalarini aks ettirish lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi pasport tizimining nazariy-huquqiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini, shuningdek fuqarolikning yolg‘on ma’lumot va soxta hujjatlar taqdim etish asosida olinganligini baholashning sud tartibida amalga oshirilishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIV va TIVning 2017 yil 7 iyuldagi 28/21-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 43-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 17 oktyabrdagi 26/3-2865-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublikni aniqlash va baholash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinadigan shaxslarning ular orqali mazkur huquqni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan qarindoshlari doirasini aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-411-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonunining 21-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 06/1-05/2369 vx-son ma’lumotnomasi). Takliflarning inobatga olinishi ichki ishlar organlarining fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
fuqarolarning notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan boshqa shaxslar orqali propiskani rasmiylashtirish, vakolatli organlar tomonidan hisobga olishning rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqini ta’minlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2016 yil 16 maydagi 79-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 24-bandi hamda 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 13 sentyabrdagi 22/19278-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi ichki ishlar organlarining fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.