Maxmudov Alisher Abdusalimovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu73.

Ilmiy rahbar: Tulyaganov Abdumannop Abdujabbarovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlari nazorat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hokim hisobotini o‘tgan yil yakunlari va joriy yil ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan xalq deputatlari Kengashining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi natijalarini hisobga olgan holda eshitish taklifi ishlab chiqilgan;

hokimlar tomonidan taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni xalq deputatlari Kengashlari partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilishni qonun bilan belgilash zarurati asoslab berilgan;

deputat so‘rovi samaradorligini va ta’sirchanligini kuchaytirish maqsadida unga berilgan mansabdor shaxslar javoblarini tegishli doimiy komissiyalar tomonidan o‘rganish va xalq deputatlari Kengashlari sessiyasida ko‘rib chiqish tartibini belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;

deputatlik nazoratidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali bartaraf qilish maqsadida xalq deputatlari Kengashlari nazorat faoliyatini tegishli hududda fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanganligi, huquqbuzarliklarni sodir etilishi, shu jumladan korrupsiya holati, mahalliy ahamiyatga molik muammolarning ko‘lami, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish mezonlari asosida baholash taklifi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasida mahalliy vakillik organlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

hokimlar tomonidan taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni xalq deputatlari Kengashlari partiyalar guruhlarida va doimiy komissiyalarida dastlabki tarzda muhokama qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni 34-moddasi 22-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi  168-moddasining birinchi qismiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 24 yanvardagi 07/1-08-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mahalliy byudjetlarning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilgan;

hokim hisobotining tegishli xalq deputatlari Kengashining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o‘tkazilganidan keyin eshitish haqidagi takliflari “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 251-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2019 yil 24 yanvardagi 06/1-05-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish hokim faoliyatini kengroq o‘rganish va ob’ektiv baholash imkonini bergan;

deputat so‘roviga mansabdor shaxslar javoblarini tegishli doimiy komissiyalar tomonidan o‘rganish va xalq deputatlari Kengashlari sessiyasida ko‘rib chiqish taklifi asosida Senat komissiyasining 2016 yil 30 martdagi SKQ-1–III-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan nazorat faoliyatini amalga oshirishning Namunaviy tartibini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2019 yil 24 yanvardagi 7-08/09-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish deputat so‘rovi ta’sirchanligi va samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;

xalq deputatlari Kengashlari nazorat faoliyatini baholash uchun tegishli hududda fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanganligi, huquqbuzarliklarni sodir etilishi, shu jumladan korrupsiya holati, mahalliy ahamiyatga molik muammolarning ko‘lami, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi – mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017 yil 27 oktyabrdagi KQ-255–III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashini “namunali” deb topishning mezonlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2019 yil 24 yanvardagi 7-08/10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish deputatlik nazoratidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish