Raxmonov Azizxon Bositxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida shakllantirish (5–9-sinf o‘quvchilari misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped319.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kamalova Malika Nizamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rus tilini o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan 5–9-sinf o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalari maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional, natijadorlikni baholash integratsiyasi bo‘yicha takomillashtirilgan;
muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarning mohiyati, tuzilishi va o‘ziga xosligi bo‘yicha kommunikativ ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirilishi takomil-lashtirilgan;
o‘quv keyslarni qo‘llashning metodik va didaktik ta’minoti 5–9-sinflar badiiy adabiyot janrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan;
interfaol yondashuv asosida “5–9-sinf uchun Rus tili” elektron axborot tizimi dasturi motivatsion, kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlar bo‘yicha ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional, natijadorlikni baholash integratsiyasi bo‘yicha takomillashtirilgan ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan 5–9-sinf o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalaridan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 iyundagi 89-03-2588-son ma’lumotnomasi). Natijada takliflarning joriy qilinishi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan 5–9-sinf o‘quvchilarining kommunikativ ko‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qilgan;
takomillashtirilgan kommunikativ ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich shakllantirilishi asosida muloqotda eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarning mohiyati, tuzilishi va o‘ziga xosligi bo‘yicha takliflardan “Russko-uzbekskiy slovar`: 1000 samix ispol`zuemix glagolov russkogo yazika” lug‘atini ishlab chiqishda foydalanilgan (Russko-uzbekskiy slovar`: 1000 samix ispol`zuemix glagolov russkogo yazika. – Toshkent: BAYOZ, 2018. – 240 b.). Mazkur lug‘at rus tilida 1000 ta eng ko‘p foydalaniladigan fe’llarni o‘zlashtirishga xizmat qilgan;
5–9sinflar badiiy adabiyot janrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv keyslarni qo‘llashning metodik va didaktik ta’minotidan “3.2 Rus tili va adabiyotini o‘qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari” moduli o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 3 iyundagi 10-05/88-son ma’lumotnomasi). Natijada 5–9-sinflari uchun rus tili fanining badiiy adabiyot janrlari bo‘yicha o‘quv keyslari ishlab chiqish imkonini bergan;
interfaol yondashuv asosida motivatsion, kognitiv, operatsional va refleksiv komponentlar bo‘yicha ishlab chiqilgan “5-9–sinf uchun Rus tili” elektron axborot tizimi dasturidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik” radioeshittirishining 2018 yil 16 iyun` kunidagi sonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 18 iyundagi O’z\\R-1-110-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari yordamida shakllantirishning metodik ta’minoti ommalashtirilgan.