Pulatov Xayrulla Lutpullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polikondensatsion turdagi kationitlar bilan sanoat va oqova suvlarni deminerallashtirish va tozalash», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.4.DSc/K60.
Ilmiy maslahatchi: Turobjonov Sadritdin Maxamaddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi samarali ion-almashuvchi polimerlar olish usullarini ishlab chiqish, olingan ion-almashinuvchi polimerlarni oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan tozalash va suvlarni deminerallash jarayonlarida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
stirol bilan furfurolning polikondensatsiyasi natijasida ionogen guruhlarni kiriish mumkin bo‘lgan yangi stirol-furfurol polimeri sintez qilingan;
ilk bor polikondensatsion turdagi termo-kimyoviy-radiatsion barqaror ion-almashinuvchi polimerlar olingan;
sintez qilingan kationitlarning asosiy fizik-kimyoviy, sorbsion va ekspluatatsion xossalarini boshlang‘ich xomashyolarning tarkibi, sul`firlovchi va fosforlantiruvchi agent konsentratsiyasi, reaksiya harorati va davomiyligiga korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
stirol-furfurol polimeri asosida monofunksional sul`fokationit va fosfat kislotali kationit sintez qilishning optimal sharoitlari aniqlangan;
tarkibida og‘ir metall ionlari bo‘lgan sanoat oqova suvlarni dinamik sharoitlarda tozalash, suvlarni deminerallashtirish va kationitni regeneratsiya qilish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Stirol-furfurol polimeri asosida olingan yangi sul`fo- va fosfat kislotali kationitlar bilan oqava suvlarni tozalash va suvlarni deminerallashtirishning samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
furfurolni stirol bilan polikondensatsiyalash asosida monofunksional sul`fokationit olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 03458, 2007 y.). Natijada qattiq suvlarni yumshatish, suvlarni deminerallashtirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan monofunksional sul`fokationit olish imkonini bergan;
stirol-furfurol polimerini fosforlantirish asosida fosfat kislotali kationit olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 03886, 2009 y.). Natijada oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan tozalashda qo‘llash mumkin bo‘lgan fosfat kislotali kationitlar olish imkonini bergan;
stirol-furfurol polimeri asosida kationitlar olishning texnik shartlari (Ts14825224-005-2018) «Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan. Natijada texnologik jarayonda ishlatilayotgan import kationitlar o‘rniga stirol-furfurol asosida olingan kationitni ishlatish imkonini bergan;
olingan sul`fokationit «Suvsoz» DUKga qarashli tozalash stansiyasida suvlarni deminerallashtirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 24 iyuldagi 03-03/2-3157-son ma’lumotnomasi). Natijada import o‘rnini bosuvchi yangi mahalliy kationitlar olish imkonini bergan;
olingan fosfat kislotali kationit «Suvsoz» DUKga qarashli Salar aeratsiya stansiyasida oqova oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan tozalashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 24 iyuldagi 03-03/2-3157-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish va chetdan olib kelinayotgan kationitlarni mahalliylashtirish imkonini bergan.