Musurmonov Azzam Turdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bog‘larda daraxtlar qator oralari va tanasi atrofi tuproqlariga ishlov berishning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/T58.
Ilmiy maslahatchi: Baymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor; Asqarxodjaev To‘lqin Ishonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Baybabaev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikada tuproq-iqlim sharoitiga mos bog‘ qator oralari va daraxt tanasi atrofidagi tuproqni yumshatadigan va begona o‘tlarni yo‘qotadigan resurstejamkor bog‘dorchilik mashinasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘larda har xil chuqurlikda ishlov berish texnologiyasini ta’minlaydigan mevali daraxtlar ildiz tizimining joylashish modeli ishlab chiqilgan;
bog‘larda mevali daraxtlar ildiz tizimining joylashish chuqurligini hisobga olgan holda qator oralariga har xil chuqurlikda ishlov berish uchun takomillashgan kultivator sxema ishlab chiqilgan;
daraxt tanasi atrofidagi tuproqqa ishlov beradigan minimal himoya zonasini ta’minlovchi gidromexanik boshqariladigan yangi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tuproqqa ishlov beradigan takomillashgan bog‘dorchilik kultivator ishchi organining maqbul parametrlari egat tubiga nisbatan iskana va lemexning o‘rnatilish burchagi, panjaning ochilish burchagi, iskananing uzunligi, eni, ishchi organning umumiy qamrov kengligi, ramada qator bo‘yicha va qatorlar orasidagi joylashishini hisobga olgan holda asoslangan;
panjaning qamrov kengligi, harakat yo‘nalishiga nisbatan dastlabki o‘rnatilish burchagi, shchupning uzunligini, egilgan qismi egrilik radiusi daraxt tanasi bilan moslamani boshqaruvchi shchupni o‘zaro ta’sirlashishini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
daraxt tanasi atrofiga ishlov beradigan diskli siljiydigan seksiya parametrlari qamrash kengligi, diskli siljuvchi seksiya yo‘nalish burchagi, seksiyani siljitadigan shchupning dastlabki o‘rnatilish burchagi, uzunligi, seksiyani rostlovchi shchup dastlabki o‘rnatilish burchagi va uzunligi orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘larda daraxtlar qator oralari va tanasi atrofi tuproqlariga ishlov berishni ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bog‘dagi daraxtlar tanasi atrofidagi minimal himoya zonasini ta’minlagan holda tuproqqa ishlov beradigan, gidromexanik boshqaruviga ega buriladigan yassi kesuvchi ishchi organli qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (“Tup oldi tuprog‘iga ishlov beruvchi qurilma”, №IAP 04654-2013 y.). Natijada ishchi organlarning turlarini tanlash va ularni ramada joylashtirish, yangi mashinaning sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bog‘ qator oralari va tanasi atrofidagi tuproqni yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish texnologik jarayonlarini bajarishning sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va bog‘dorchilik mashinasi konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 24 oktyabrdagi 02-23-1230-son ma’lumotnomasi). Natijada mayin tuproq qatlamini hosil qilish, undagi namni saqlashni ta’minlash va begona o‘tlarni bartaraf etish imkoni yaratilgan;
bog‘larda tuproqqa ishlov berishga mo‘ljallangan hamda «BMKB-Agromash» AJda ishlab chiqarilgan mashina Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 24 oktyabrdagi 02-23-1230-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘i sarfi 12,2-16,4 foizga, tortish qarshiligi 14,4-16,8 foizga kamayishtirish imkonini bergan;
bog‘ qator oralari va tanasi atrofidagi tuproqlarni yumshatadigan mashina Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 24 oktyabrdagi 02/23-1230-son ma’lumotnomasi). Natijada begona o‘tlarning yo‘qotilishi 20,2 foizga, tuproqni uvalashdagi o‘lchami 0,25-1,0 sm bo‘lgan fraksiyalarning miqdori 21,6-24,8 foizga va ish unimi esa 28 foizga oshishiga erishilgan.