Ro‘zmatov Izzatbek Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda omfalotseleni tashxislash va jarrohlik davolash usulini takomillashtirish», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib381.

Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich,tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Azamat Muxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:chaqaloqlarda omfalotsele diagnostikasi va xirurgik davo usullarini takomillashtirish asosida davo natijalarini yaxshilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

chaqaloqlarda qorin old devori turli nuqsonlarida visero-abdominal disproporsiyani korreksiya qilishning xirurgik jihatlarini optimallashtiruvchi katta o‘lchamli omfalotselening davolash usuli ishlab chiqilgan;

vissero-abdominal disproporsiya darajasi, churra o‘lchamlari, somatonevrologik fon va yondosh nuqsonlar og‘irligiga bog‘liq ravishda omfalotsele kechishining og‘irligini baholash mezonlari aniqlashtirilgan;

boshqa tug‘ma anomaliyalar orasida omfalotselening qiyosiy o‘rni belgilangan hamda yondosh nuqsonlar va qorin old devori nuqsoni o‘lchamlari o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;

ante- va postnatal tadqiqotlar asosida qorin old devori rivojlanish nuqsonlari va omfalotselega eng ko‘p yondoshlik qiluvchi boshqa tug‘ma nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining xavf omillari aniqlangan;

homiladorlikni saqlab qolish yoki to‘xtatishga ko‘rsatmalarni aniqlashtirishga yordam beruvchi omfalotselega yondosh anomaliyalar og‘irligini prognostik baholash uchun antenatal skriningning ul`tratovush jihatlari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chaqaloqlarda omfalotseleni tashxislash va xirurgik davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Chaqaloqlarda katta o‘lchamdagi omfalotseleni davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05314, 2016 yil). Tavsiya etilgan usul katta o‘lchamdagi omfalotseleni davolashning bevosita natijalarini yaxshilash va amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini qisqartirish imkonini bergan;

«Chaqaloqlarda omfalotseleni tashxislash va davolash usulini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar omfalotseleni tashxislash sifatini yaxshilash, qorin old devori rivojlanishi anomaliyalarini barvaqt antenatal aniqlash mezonlarini optimallashtirish imkonini bergan;

chaqaloqlarda omfalotseleni tashxislash va xirurgik davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika perinatal markazining Neonatal xirurgiya markazi, Toshkent shahri 1-son bolalar kasalxonasining bolalar xirurgiyasi bo‘limi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 8n-d/151-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Olingan natijalarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etish omfalotseleni barvaqt antenatal tashxislash imkoniyatini oshirish, davolashning bevosita va uzoq muddatdagi natijalarini yaxshilash, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini 52,1% dan 30,9% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 43,8% dan 20% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish