Eshkabilov Shukurali Davlatmuratovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasi diagnostikasi va xirurgik davo natijalarini yaxshilash», 14.00.35–Bolalar xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib321.

Ilmiy rahbar: Ergashev Baxtiyor Berdalievich,tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadichaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasida ante- va postnatal tashxislashni optimallashtirish va xirurgik davo usulini takomillashtirish yo‘li bilan davo natijalarini yaxshilash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

homilada qizilo‘ngach atreziyasi rivojlanishida homiladorlik kechishining o‘ziga xosligi va perinatal xavf omillari xususiyatlari, ushbu nuqson rivojlanishining boshqa tug‘ma nuqsonlar tizimi tarkibidagi miqdori ochib berilgan;

ko‘p suvlilik qizilo‘ngach atreziyasi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va oson aniqlanadigan exografik belgi bo‘lib, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qizilo‘ngach anomaliyalarini istisno qilish uchun zaruriy postnatal tekshiruvini talab qilishi isbotlangan;

qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ruqxonalarda va boshqa kasalxonaga trasportirovka qilish bosqichlarida eng ko‘p uchraydigan diagnostik va taktik xatoliklar aniqlangan;

qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda gipotermiya, gipoksiya, gipovolemiya va gipoglikemiya kabi og‘irlashtiruvchi omillar mavjudligi ko‘plab a’zolar etishmovchiligi sindromining rivojlanishi va amaliyotdan oldingi davrda o‘limning yuzaga kelishi uchun asosiy boshlang‘ich mexanizmi ekanligini isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasi tashxisi va davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijasi asosida:

“Qizilo‘ngach atreziyasi xirurgik davolash usuli”ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05092, 2015 yil). Tavsiya etilgan usul qizilo‘ngach atreziyasida uni qayta tiklash operatsiyadan keyingi erta asoratlarni va o‘lim chastotasini bir necha marta kamaytirgan;

“Chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasi diagnostikasi va xirurgik davo natijalarini yaxshilash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/161-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish kasallikni erta tashxislash va transportirovka qilish orqali turli asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirishga imkon bergan;

chaqaloqlarda qizilo‘ngach atreziyasi tashxisi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika perinatal markazi, Respublika bolalar kam invaziv va endovizual ilmiy-amaliy markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/161-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari asosida taklif etilgan kompleks yondashuv chaqaloqlar atreziyasi tashxisi va davolash natijalari sifatini yaxshilab, asoratlarni 34,3%dan 8,4%gacha, o‘lim holatini 67,1%dan 32,1%gacha, ya’ni mos ravishda 4,1 va 2,1 marta kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish