Djaykov Gafur Muratbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ob’ektlarning ichki strukturalarini integral berilganlar bo‘yicha tiklash masalalarini maxsus egri chiziqlar oilasida modellashtirish», 05.01.07–Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM300.

Ilmiy rahbar: Uteuliev Nietbay Uteulievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM.01.02.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov Baxtiyor Fayzievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Fayazov Kudratilla Sadridinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ob’ektlarning ichki strukturasinitiklash algoritmlarini takomillashtirish, sonli echish algoritmlarini qurish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

siniq chiziqlar oilasida ob’ektlarning ichki strukturasini integral berilganlar bo‘yicha tiklashning matematik modeli takomillashtirilgan va hisoblash algoritmi qurilgan;

yarim aylanalar oilasida funksiyani integral berilganlar bo‘yicha tiklashning matematik modeli qurilgan;

A.N. Tixonovning korrektmas masalalarning regulyarizatsiyasi nazariyasiga asoslanib masalaning aniq echimiga yaqinlashuvchi echimlar ketma-ketligi qurilgan;

kesmalar oilasida ob’ektlarning ichki strukturasini aniqlashning matematik modeli takomillashtirilgan;

qo‘yilgan integral geometriya masalasining kesmalar oilasida Sobolev fazosida turg‘unlik bahosi olingan;

shovqinli integral berilganlarga turg‘unli Tixonov regulyarizatsiyasi asosida hisoblash algoritmi qurilgan;

foydalanuvchiga qulay interfeysga ega keng doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan ob’ektlarning ichki strukturasini integral berilganlar bo‘yicha tiklash masalasini echishning dasturiy ta’minoti yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ob’ektlarning ichki strukturasinitiklash algoritmlarini takomillashtirish, sonli echish algoritmlarini qurish va dasturiy ta’minotini yaratish asosida:

integral berilganlar bo‘yicha ob’ektlarning ichki strukturasini tiklashning dasturiy ta’minoti Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tomografik berilganlar asosida tahliliy eksperiment o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 01/5280-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tasvirlarni qayta tiklash orqali kasallikning boshlang‘ich bosqichida optimal davolash usullarini aniqlashga imkon bergan;

siniq chiziqlar va kesmalar oilalarida qurilgan ob’ektlarning ichki strukturalarini integral berilganlar bo‘yicha tiklashning hisoblash algoritmlari Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bemorlarning qorin bo‘shlig‘i tasvirini tiklashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 01/5280-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash aniqligini oshirish va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish