Urunov Bahrom Nasrullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bukantog‘ tog‘idagi oltin konlarida geologik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash muammolari», 04.00.02–Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/GM16.

Ilmiy rahbar: Isaxodjaev Baxtiyar Abdukarimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.

Rasmiy opponentlar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Egamberdiev Abdurakibxon A’zamovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: «Urankamyobmetgeologiya» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Bukantog‘ tog‘idagi oltin konlari misolida geologiya-qidiruv ishlarida olinadigan geologik ma’lumotlarning sifati va ishonchliligini ta’minlash hamda ularni 3D modellashtirish orqali istiqbolini baholashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oltin ma’danlashuvining o‘zgaruvchanligiga ta’sir o‘tkazuvchi asosiy omillar aniqlangan;

namuna olish va unga ishlov berishning vazifalarini inobatga oluvchi yangi aniqlangan va kutilayotgan ma’danlarning sanoat turlari tasnifi ishlab chiqilgan;

ma’danlashuv o‘zgaruvchanligini xarakterlovchi va namunalarga ishlov berish ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi yangi koeffisientlar asoslangan;

ikkita oltin ma’danli konlar istiqboli 3D modellashtirish orqali baholangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bukantog‘ tog‘idagi oltin konlarida geologik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

birlamchi geologik ma’lumotlar sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar «Qizilqumgeologiya» DUK ob’ektlariga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/18-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada geologik ma’lumotlar sifatiga ta’sir qiluvchi birlamchi geologik xujjatlashtirish, namunalash va namunalarga ishlov berishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularning sifatini 15–20%ga oshirish imkonini bergan;

namunalarga ishlov berish ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi, ma’danlashuv o‘zgaruvchanligini xarakterlovchi koeffisientlar «Qizilqumgeologiya» DUK ob’ektlariga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/18-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada namunalar olish va ularga qayta ishlov berish ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi va ma’danlashuv o‘zgaruvchanligini xarakterlovchi koeffisientlarni tanlab olish imkonini bergan;

ob’ektlar istiqbolini baholash va zahiralarini hisoblashda qo‘llanilgan geoaxborot tizimlari usuli va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetlanishlar sabablari «Qizilqumgeologiya» DUK ob’ektlariga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2018 yil 28 sentyabrdagi 04/18-spr-son ma’lumotnomasi). Natijada GAT-texnologiyalari usullarini qo‘llash, ob’ektlarning istiqbolini baholashda va zahiralarni hisoblashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chetlanishlarni aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish