Tursunov Ibrohimjon Abduhalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tloqi bo‘z tuproqlarda ekinlardan ertaki va yuqori hosil etishtirish hamda tuproq unumdorligini oshirish elementlarini takomillashtirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Qx130.
Ilmiy rahbar: O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Karabaev Ikramjan Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doydan keyin raps va vika oraliq ekinlarini ekish va tuproq unumdorligini oshirish orqali g‘o‘zadan ertaki, yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida navbatlab ekishning oraliq davrida raps va vikaning o‘sishi, rivojlanishi, ko‘k massa hosili, tuproqda qoldirgan ang‘iz va ildiz miqdorlari aniqlangan;
raps va vika ekishning tuproq agrofizik va agrokimyoviy xossalari o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan raps va vikaning chigit unib chiqishiga, g‘o‘za navlarining o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
turli ekish tizimlarida oziqlantirish me’yorlariga bog‘liq holda g‘o‘za navlarining hosildorligi va tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
oraliq ekinlardan keyin turli ekish usullarida parvarishlangan g‘o‘za navlarining samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tloqi bo‘z tuproqlar sharoitida ekinlardan ertaki va yuqori hosil etishtirish hamda tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “O‘tloqi bo‘z tuproqlarda ekinlardan ertaki va yuqori hosil etishtirish, tuproq unumdorligini oshirish hamda g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi” tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 02/021-217-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Andijon viloyati sharoitida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida ekinlardan ertaki va yuqori hosil etishtirish hamda tuproq unumdorligini oshirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
paxta, g‘alla etishtirishning oraliq davrida raps va vika ekinlarini ekish, kelgusi yilda ushbu ekinlar o‘rnida g‘o‘za parvarishlashning yangi agrotexnologiyasi Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida jami 130,9 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 02/021-217-son ma’lumotnomasi). Natijada oraliq ekinlarning (vika, raps) ang‘iz va ildiz qoldiqlari hisobiga o‘tloqi bo‘z tuproqlarning agrofizik va agrokimyoviy xossalrilari yaxshilangan, tuproqda gumus miqdori 0,012 foizgacha oshgan hamda kelgusi yilda g‘o‘zaning “O‘zPITI-201” navini pushtaga 90x12-1 ekish tizimda ekib, 80-90 ming tup/ga ko‘chat qalinligida, ma’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori gektariga N:180, R:126, K:90 kg qo‘llanilganda 4,3-4,5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doydan keyin oraliq ekinlar (raps, vika) aralash ekilib, organik massa bilan boyitilgan tuproqlarda g‘o‘zani parvarishlash texnologiyasi Andijon viloyati Shahrixon tumanida jami 106,2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 iyuldagi 02/021-217-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer ho‘jaliklarida yuqori va sifatli paxta hosili etishtirilgan va rentabellik darajasi 17,8 foizdan 23,4 foizgacha oshganligi aniqlangan.