Achilov Furqatbek Saparbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziqlanish maydoni va gerbisidlar me’yorini maqbullashtirish asosida eryong‘oq navlari hosildorligini oshirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx288.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Xalima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bahromov Sa’dulla Lutfillaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida eryong‘oq navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda maqbul oziqlanish maydonini ta’minlaydigan ekish tizimi va begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni qo‘llash me’yorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida eryong‘oqning «Qibray-4», «Mumtoz» navlarini 70x25-1 sxemada hamda «Salomat» navini 70x20-1 sxemada ekish va begona o‘tlarga qarshi «Gezagard-50» 50% n.kuk. gerbisidini gektariga 3 kg me’yorda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oziqlanish maydoni va begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan «Gezagard-50» 50% n.kuk. gerbisidini qo‘llash me’yorlarining eryong‘oqni «Qibray-4», «Mumtoz» va «Salomat» navlari vegetativ va generativ rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
eryong‘oq ekilgan maydonlarda uchraydigan begona o‘tlarga qarshi qo‘llanilgan «Gezagard-50» 50% n.kuk. (2-3-4 kg/ga) va «Pardner» gerbisidlarini (1-1,5-2 l/ga) qo‘llashning bir yillik begona o‘tlar turlariga ta’siri aniqlangan;
eryong‘oqning «Qibray-4», «Mumtoz» navlarini 70x25-1 sxemada va «Salomat» navini 70x20-1 sxemada ekish va begona o‘tlarga qarshi «Gezagard-50» 50% n.kuk. gerbisidini gektariga 3 kg me’yorda qo‘llashning eryong‘oq donining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eryong‘oqning maqbul ekish sxemasi va eryong‘oq maydonlaridagi bir yillik begona o‘tlarga qarshi gerbisidlarni qo‘llash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
eryong‘oq ekilgan maydonlardagi begona o‘tlarga qarshi kurash bo‘yicha «Eryong‘oq etishtirishda gerbisid qo‘llash bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-62-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari sharoitida etishtirilayotgan eryong‘oq maydonlarida uchraydigan begona o‘tlarga qarshi gerbisid qo‘llash va eryong‘oqdan yuqori va sifatli hosil olishda fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
eryong‘oqning «Qibray-4», «Mumtoz» va «Salomat» navlarini Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida 21 gektar hamda Oqqo‘rg‘on tumani fermer xo‘jaliklarida 5 gektar maydonga 70x25-1, 70x20-1 sxemalarda ekib, «Gezagard-50» 5 % n.kuk. gerbisidini gektariga 3 kg me’yorda ekish bilan birga qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-62-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yillik ikki pallali va boshoqli begona o‘tlarga qarshi «Gezagard-50» 50% n.kuk. gerbisidi gektariga 3 kg me’yorda qo‘llanilganda begona o‘tlar 93,0-93,7 foizgacha kamaygan va eryong‘oq hosildorligi 4-5 sentnergacha oshishi aniqlangan;
eryong‘oqning «Qibray-4» va «Mumtoz» navlarini 70x25-1 va «Salomat» navini 70x20-1 sxemada ekish va begona o‘tlarga qarshi «Gezagard-50» 50% n.kuk. gerbisidini gektariga 3 kg me’yorda ekish bilan birga qo‘llash texnologiyasi «Gulrux Agro Fayz», «Bes Oul Fayz», «Turg‘un ota», «Muqaddasxon Agro» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 maydagi 02/021-62-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu fermer xo‘jaliklarda gektaridan 34,1-34,6 sentnergacha eryong‘oq hosili olishga erishilgan.