Temirov Dilshod Sheralievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped701.

Ilmiy rahbar: Yuldashev  Maqsudjon  Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markaz, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.

Rasmiy opponentlar: Vaxobov Ma’rufjon Malikovich, pedagogika fanlari doktori; Akramova  Shaxnoza  Abrorovna, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini ifodalovchi pedagogik jarayon modeli ta’lim sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik asoslari ta’lim muassasasini davlat-jamiyat shaklida boshqarishdagi saylash, maslahat va kelishuv prinsiplari asosida takomillashtirilgan;

ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, tashkil etilganlik, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirilganlik kabi indikatorlar tarkibi ta’lim muassasasini boshqarishdagi jamoatchilik ishtirokini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;

ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarining ta’lim muassasasiga nisbatan sub’ektiv munosabatlarini diagnostika qilish metodikasi ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik metodlari va texnologiyalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

umumiy o‘rta ta’lim muassasasini davlat-jamiyat shaklida boshqarishning tashkiliy-pedagogik strukturasida ta’limiy munosabatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning muddatlari hamda turlarining o‘ziga xos funksional xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muassasani davlat-jamiyat shaklida boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizom”ning 8-bobini shakllantirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-468-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik asoslari ta’lim muassasasini davlat-jamiyat shaklida boshqarishdagi saylash, maslahat va kelishuv prinsiplari asosida takomillashtish imkonini bergan;

zamonaviy jamiyatning ijtimoiy buyurtmasiga muvofiq umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik ba’zasi, metodik ta’minoti, umumiy o‘rta ta’limning muddatlari hamda turlarini o‘zgartirishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanishga qaratilgan takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom, YuNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan “Umumiy o‘rta ta’lim sifati ko‘rsatkichlari” nomli maktab rahbarlari va o‘qituvchilar uchun yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-468-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarining ta’lim muassasasiga nisbatan sub’ektiv munosabatlarini diagnostika qilish metodikasi ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik metodlari va texnologiyalarini aniqlashtirish asosida takomillashtish imkonini bergan;

umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslari, ta’lim sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi, ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi baholash darajasi, ta’lim muassasasini davlat-jamiyat shaklida boshqarishga oid mualliflik g‘oyalaridan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015-2017 yy) amaliy tadqiqot loyiha doirasida yaratilgan “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (I qism) o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda “O‘quvchilarda kompetensiyalarning shakllanganligini tashxislash va korreksiyalash metodikalari” nomli uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 noyabrdagi 01-02/1-7-468-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasasini boshqarishning metodologik va tashkiliy-pedagogik asoslarini ifodalovchi pedagogik jarayon modeli ta’lim sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi strategiyasini belgilash asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;

ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarining ta’lim muassasasiga nisbatan sub’ektiv munosabatlarini diagnostika qilish metodikasi, ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi baholash darajasini ifodalovchi indikatorlar tarkibini takomillashtirishga doir takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PF–5538-son “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 9-mh va 14-mh-son qarorlari 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari”ni shakllantirishda foydalanilgan (Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2018 yil 24 dekabrdagi 84-01-457-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi baholash darajasini ifodalovchi rejalashtirilganlik, tashkil etilganlik, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirilganlik kabi indikatorlar tarkibi ta’lim muassasasini boshqarishdagi jamoatchilik ishtirokini kengaytirish asosida takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish