Almuxamedova Barno Gulmuxamatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni saratonining O‘zbekiston Respublikasi xavf omili yuqori bo‘lgan hududlaridagi epidemiologik xususiyatlari va oldini olishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib351.

Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.

Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultonov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: N.N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida kelib chiqish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish va o‘lim holatlarining onkoepidemiologik xususiyatlarini ochib berish va profilaktik chora-tadbirlar majmuasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hududiy  xavf zonalariga bog‘liq ravishda turli yosh guruhlarida bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishiga ayollarning ko‘p tug‘ishi, tug‘ish asoratlari, virusli kasalliklari, zararli odatlari hamda ovqatlanish tarkibiga bog‘liqligi isbotlangan;

bachadon bo‘yni saratoni rivojlanishiga mintaqaviy ekzogen xavf omillari – metall oksidi saqlovchi kimyoviy moddalar va tuproqning tuzlanishi darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;

bachadon bo‘yni saratoni mavjud ayollar skriningidagi sitologik va gistologik baholash asosida kasallik rivojlanishi va o‘lim darajasini birlamchi tashxislashning yoshiga bog‘liq uch bosqichli olib borish taktikasi ishlab chiqilgan;

bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish tendensiyasi hamda epidemiologiyasini inobatga olgan holda kasallanish istiqbolining qisqa muddatli bashoratlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bachadon bo‘yni saratoni xavf omillari yuqori bo‘lgan hududlarining epidemiologik xususiyatlari va majmuaviy profilaktik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«Bachadon bo‘yni saratoni onkoepidemiologik monitoring metodologiyasi (kasallanish va o‘lim)» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 8n-d/235-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  ayollar orasida uchraydigan bachadon bo‘yni saratonini onkoepidemiologik monitoring olib borish asosida  kasallikni erta tashxislash va davolash tizimini tashkillashtirish imkonini bergan;

bachadon bo‘yni saratoni xavf omillari yuqori bo‘lgan hududlarning epidemiologik xususiyatlari va majmuaviy profilaktik tadbirlar ishlab chiqish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Namangan va Toshkent shahar onkologik  dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 dekabrdagi 8n-z/125-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bachadon bo‘yni saratonining kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichi trendlari, kasallikni o‘sish yoki kamayish templari, kummulyativ analizi, bashoratini o‘z ichiga olgan monitoringini olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish