Yuldashev Rustam Zafardjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyasida portosistem shuntlashdagi buyrak flebogipertenziyasi», 14.00.35–Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib233.
Ilmiy rahbar: Aliev Maxmud Muslimovich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi Sankt-Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigardan tashqari portal gipertenziyasi mavjud bolalarda portosistem shuntlash amaliyotidan oldin va undan keyin buyrak gemodinamikasi xususiyatlarini o‘rganish va uning buzilishi oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarda renokaval segment va qon tomirlarining rivojlanish anomaliyalari chastotasi aniqlangan hamda ularning xarakteri va anatom-funksional xususiyatlari ochib berilgan;
regionar angioarxitektonika va gemodinamikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarda jigardan tashqari portal gipertenziyada tabiiy kollateral portokaval shuntlarning funksional samaradorligini baholashning batafsil klinik va instrumental mezonlari ishlab chiqilgan;
portosistem shuntlash amaliyotidan keyin jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarda buyraklar arterial va venoz qon aylanishida gemodinamik o‘zgarishlar aniqlangan;
jigardan tashqari portal gipertenziya va renokaval segmentdagi anomaliyalari bo‘lgan bolalarda renokaval segment tomirlarining gemodinamik va angiografik xususiyatlariga portal dekompressiyasining ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarni diagnostikasi va xirurgik davolashni yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Yondosh renokaval segment va buyrak anomaliyasi bo‘lgan jigardan tashqari portal gipertenziyali bolalarni tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-d/102-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalar jigardan tashqari portal gipertenziya diagnostikasining sifatini va uning anomaliyalarini yaxshilash, buyrak flebogipertenziyasi rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni aniqlash, amaliyotlardan keyingi asoratlarni kamaytirish imkonini bergan;
jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarni diagnostikasi va xirurgik davolashni yaxshilashga qaratilgan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-d/102-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Jigardan tashqari portal gipertenziyasi bo‘lgan bolalarni tekshirish va davolash bo‘yicha taklif etilgan taktika 19,5% hollarda buyrak segmenti va buyrak qon tomirlari bilan bog‘liq anomaliyalarni aniqlash, qizilo‘ngach va oshqozon varikoz kengaygan tomirlaridan qon ketishi xavfini 18,6%dan 4,2%gacha kamaytirish va anastomoz trombozi chastotasini 17,3%dan 2,8%gacha kamaytirish imkonini bergan.